TAGALLAR
TAGALLAR (o’zlarini — tagalog deb atashadi — Filippindagi xalq, Luson oroli Markaziy va Janubiy qismining asosiy aholisi. 15,4 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Tagal tilida so’zlashadi, boy adabiyotga ega. Dindorlari — katoliklar. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik, baliq ovlash. Tagallar, asosan, dengiz sohili, Daryo vodiylari, ko’l atroflarida yashaydilar (“Tagallar” aynan — suv bo’yida yashovchilar, nomi shundan).