TAKRORIY EKINLAR
TAKRORIY EKINLAR 1) daladagi asosiy ekin hosili o’ribyig’ib olinganidan keyin o’rniga ikkinchi marta ekiladigan ekinlar; ekilgan yilining o’zidayoq hosil beradi. Yerdan unumliroq foydalanishga va maydon birligidan ko’proq mikdorda qishloq xo’jaligi. mahsuloti olishga imkon beradi. Ko’zi iliq, uzoq davom etadigan sernam rayonlarda va sug’orma dehqonchilik mintaqalarida qo’llaniladi. O’rta Osiyoda ang’iz ekinlar ekiladi (masalan, kuzgi arpa o’rib olinganidan keyin o’rniga boshqa don ekini — makkajo’xori, jo’xori, no’xat, mosh ekiladi) va 2-hosil olinadi (don yoki ko’k massa). Bu joylarda o’rib olinadigan ekinlar ham ekiladi. Asosiy ekin fiziologik etilmasdan (masalan, ko’k ozuqa uchun kuzgi javdar) o’rib olinganidan keyin o’rniga ozuqa uchun makkajo’xori ekish ham mumkin; 2) bir ekinning o’zini bir maydonga bosim ikki yoki bir necha yil mobaynida qayta ekish. G’o’za, iyuli, bug’doy va b. ekinlar etishtiryshga ixtisoslashtirilgan zonalarda keng qo’llaniladi. O’g’itlar yetarli va sug’oriladigan sharoitlarda takror ekilganda hosildorlik pasaymaydi. Bu usul almashlab ekishga kirmaydigan uchastkalarda ham qo’llaniladi. Masalan, bir dalada surunkasiga 2-3 yil kanop yetishtirish shular jumlasiga kiradi.