Tanzaniya
Rasmiy nomi — Tanzaniya Birlashgan Respublikasi. Poytaxti — Dodorna. Hududi – 947,3 ming km.kv. Aholisi – 40,2 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — ingliz va suaxili. Dini — islom, xristian va mahalliy dinlar. Pul birligi — tanzaniya shillingi. Geografik joylashuvi va tabiati. Afrikaning janubi sharqiy qismidagi davlat. Shimolda Keniya (chegaraning uzunligi — 769 km) va Uganda (396 km), janubda Mozambik (756 km), Malavi (475 km) va Zambiya (338 km), g’arbda Burundi (451 km) va Ruanda (217 km) bilan chegaradosh. G’arbda Tanganika ko’li Tanzaniyani Kongo Demokratik Respub- likasidan ajratib turadi. Mamlakatning sharqida esa Hind okeani joylashgan. Chegarasining umumiy uzunligi — 3402 km, sohil bo’ylab chegara uzunligi — 1424 km. Sohilbo’yi tekisiiklardan iborat. Mamlakat hududining asosiy qismini dengiz sathidan o’rtacha 1200 m baland bo’lgan yassitog’lik tashkil qiladi. Shimoli sharq va janubi g’arbda kichik tog’lar bor. Afrikaning eng baland cho’qqisi — Kilimanjaro vulqoni (5895 m) Keniya bilan chegarada joylashgan. Afrikaning eng yirik uchta koilari — Tanganika, Viktoriya, Nyasa — qisman Tanzaniyaga tegishli. Qazilma boyliklardan qalay, temir rudasi. ko‘mir, fosforitlar, olmos, oltin bor. Mamlakat hududining 5% ini haydaladigan yerlar. 17% ini o‘rmon va to‘qaylar, o‘tloq va yaylovlar 40% ini tashkil etadi. Iqlimi — ekvatorial musson. O’simlik dunyosining asosini savanna o‘simliklari va o‘rmonlar tashkil etadi. Hayvonlardan jirafa, oq karkidon, fil, zebra, antilopalar va turli maymunlar uchraydi. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzumi — prezident respublikasi. Mamlakat tarkibiga 25 ta viloyat (20 tasi materikda, 5 tasi orollarda) kiradi. Tanganika mustaqillikka 1961-yilning 9-dekabrida erishadi. 1963-yilning 19-dekabrida esa Zanzibar mustaqillikka erishadi. 1964-yilning 26-aprelida Tanganika Zanzibar bilan birlashadi. 1964-yilning 29-oktabridan bu davlat Tanzaniya Birlashgan Respublikasi deb atala boshlaydi. Milliy bayramlari: 9-dekabr — Mustaqillik e’lon qilingan kun (1961), 26-aprel — Ittifoq kuni (1964). Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig’i) va Bosh vazirga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat prezident va Milliy Assambleya (parlament) tomonidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalari: Inqilobiy partiya (Chama Cha Mapinduzi), Qayta tiklash va taraqqiyot uchun milliy konvensiya, Birlashgan fuqarolar fronti.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Tanzaniya iqtisodi sezilarli darajada qishloq xo‘jaligi (YIM — 58%) bilan bog‘liq. Qishloq xo‘jaligi mahsulot- lari (asosan qahva, choy, paxta, tamaki, chinnigul) eksportning 85% ini tashkil etadi. Sanoat qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, olmos va neft qazib olish hamda neftni qayta ishlash bilan chegaralangan. Asosiy savdo sheriklari: Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Yaponiya, Italiya. Temiryo’llarining umumiy uzunligi — 3555 km, avtomobil yo‘llari — 81900 km. Portlari: Dor-us- Salom, Mtvara, Ianga va Zanzibar (okean), Mvenda va Kigoma (daryo). Tarixi. Tanganika sohillari va unga yaqin orollarda (Zanzibar) VII-VIII asrlardayoq arablar o‘rnashishgan edi. 1505-yilda bu hududlarga portugallar kirib keladi, ammo ular o‘z ta’sirini XVII asrning oxirlarida yo‘qotishadi. XVIII asrda Zanzibar Ummon sultonlariga qaram bo‘ladi. Ummon sultonlari 1832-yilda o‘z qarorgohlarini Zanzibarga ko‘chirishadi. 1856-yilda mustaqil Zanzibar sultonligi tashkil topadi. 1890-yilda sultonlik Britaniya protektorati deb e’lon qilinadi. Mamlakatning bantu qabilalari istiqomat qiladigan markaziy viloyatlarini mustamlakaga aylantirish XIX asrda inglizlar va nemislar tomonidan boshlanadi. 1885-yilda Tanganika hududida Germaniya Sharqiy Afrikasi Kompaniyasiga asos solinib, 1891-yilda bu hududlar Germaniya mustamlakasiga aylantiriladi. 1920-yilda Millatlar Ligasi Tanganikani boshqarish mandatini Buyuk Britaniyaga topshirdi. 1947-yilda bu yerlar BMT otalig‘idagi hududlar maqomini oladi. Tanganika (1961) va Zanzibar (1963) mustaqillikka erishgandan so’ng 1964-yilning aprelida yagona davlat Tanzaniya tashkil topadi.