Taqchillik, deficit

Taqchillik, deficit (iqtisodiyotda) — ilgari belgilangan, rejalashtirilgan yoki zarur darajadagi mablag’, resurs, tovarlarning etishmasligi, tanqisligi. T.ning yalpi milliy mahsulot taqchilligi, tovarlar takchilligi, byudjet taqchshiigi, taqchil moliyalashtirish, taqchil iqtisodiyot kabi ko’rinishlari mavjud. T. har qanday darajada iqtisodiy muvozanatni buzadi, qarzlarning to’planib borishiga sabab bo’ladi. Tovarlar va xizmatlar T.ligi xalq iste’mol mollari va xizmatlarining aholi talabehtiyojlarini qondirish uchun etishmasligi, ularni etarli darajada ishlab chiqarmaslik oqibatida yuzaga keladi. Tovar taqchilligi iqtisodiyotning beqarorligi, undagi mutanosiblikning buzilishi, takror ishlab chiqarish.ning izdan chiqishi oqibatidir. Uni bartaraf etish uchun tovar ishlab chiqarish., tovar importi bozor talabiga qarab ko’paytiriladi. Byudjet xarajatlari daromaddan ortib ketsa byudjet takchilligi yuzaga keladi. Bunday T. Makroiqtisodiyot darajasida inflyasiya jarayonining rivojlanib borayotganini, davlat moliyasining inqiroz holatida ekanligini ko’rsatadi. Davlat byudjetida T. byudjetning daromad qismida 20%gacha yoki yalpi milliy mahsulotning 7-8% gacha bo’lishiga yo’l qo’yiladi.