TARIQAT
TARIQAT (Arabcha — yo’l, usul) — tasavvufga xos tushuncha. Unga ko’ra, sufiy yoki solik tirikchilikning barcha tashvishlaridan voz kechishi, doim kambag’allikda qanoat qilib yashashi, tarkidunyo qilishi, har narsani Xudodan deb bilishi, Xudoni sevishi va unga intilishi, ixtiyorini pir, murshidga topshirishi lozim. Bundan tashqari Tariqat tushunchasi ko’proq tasavvuf yo’nalish (suluk) i, tarmog’i ma’nosida qo’llaniladi. Tarixda tasavvuf tariqatlarini noto’g’ri tushunish va talqin qilish natijasida ba’zi mutaassiblikka berilish holatlari ham kuzatilgan. Tasavvufda Tariqat ko’p bo’lgan, masalan, tayfuriya, Qodiriya, suhravardiylik, Bektoshiya va b. O’rta Osiyoda Naqshbandiya, kubroviylik, yassaviylik Tariqatlari tarqalgan.