TARMOQLARARO BALANS

TARMOQLARARO BALANS – tarmoqlararo ishlab chiqarish va ijtimoiy mahsulotni taqsimlash, iqtisodiy matematik model bo’lib, u yakuniy natijalar bo’yicha bir-biriga bog’liq bo’lgan (shaxmat balans), mahsulot taqsimoti balansining ko’paytma ustamasidan (jadval satrlari) va ularni ishlab chiqarish xarajatlaridan (ustunlari) tashkil topgan bo’ladi; u tarmoqlarning ishlab chiqarish va xo’jalik aloqalarini o’zida aks ettiradi. Tarmoqlararo balans pul va natura shaklida tuziladi. Asosiy ko’rsatkichlari – to’liq xarajatlar koefitsientlari va bevosita xarajatlar koefiitsientlaridan iborat bo’ladi. U xorijda “ishlab chiqarish xarajatlari” usuli deb ataladi.