TAROR OLTIN KONI

TAROR OLTIN KONI – Zarafshon daryosining chap sohilida, Zarafshon tog’tizmalaridagi Mo’g’iyon tog’larida joylashgan (Tojikiston, Panjakent tumani). 1967 yil ochilgan. Taror oltin koni yuqori karbon yoshidagi kvarsli dioritlarshtoki yorib chiqqan silur davriga mansub turli darajada metasomatik o’zgargan cho’kindi tog’ jinslari — ohaktosh, qumtosh va slaneslar bag’rida joylashgan. Genezisi bo’yicha gidrotermalmetasomatik rudalar, asosan, skarnlar, kvarsitlar va ularga turdosh bo’lgan jinslar bilan bog’liq. Ruda tanalari taror sinig’i zonasida joylashgan minerallashgan jinslardan (skarnlar, kvarsitlar, kremniylar va hokazolar) iborat bo’lib, ularning umumiy tarqalish uzunligi 500-600 metr, qalinligi 30 metrgacha, chuqurligi esa 450-500 metr va undan ortiq. Konda ruda oksidlanishi chuqur, tug’ma elementlar (oltin, kumush, mis, vismut, surma), sulfatuzli minerallar (tetraedrit, aykinit, jemsonit, Bi, Ag, Sb larning sulfatuzlari) keng tarqalgan. Asosiy sulfidli minerallararsenopirit, pirit, xalkopirit, antimonit hamda noruda minerallar— kvars, dolomit, kaltsit, ankerit va b.dan iborat. Oltin koni rudalari kompleks (ko’p elementli) bo’lib, uning tarkibida o’zgaruvchi miqdordagi (21 — 128 g/t) oltindan tashkari kumush, kadmiy, indiy, vismut va boshqa foydali elementlar mavjud. Konda bir necha xil ruda turlari ajratilib (sulfidli, gematitli, kvarskaltsitli va hokazolar), ulardan sanoat ahamiyatiga moligi — sulfidli (xira rudali va arsenopiritli) rudalar hisoblanadi. Taror oltini tug’ma, kumushli oltinlardan hisoblanadi.