TASHQI SAVDO BALANSI

TASHQI SAVDO BALANSI – ma’lum davr mobaynida (oy, chorak, yil) eksport va import qiymati o’rtasidagi nisbat. Tashqi savdo balansiga, naqd to’langan va kredit hisobiga amalga oshirilgan tovar bitimlar kiritiladi. Savdo balansi ikki turga bo’linadi: a) aktiv balans, bunda eksport importdan ortiq va mamlakatga tashqaridan valyuta oqib kelib, moliyaviy ahvoli faollashadi; b) passiv balans, bunda import eksportdan ustun, mamlakatdan valyuta chiqib keta boshlaydi, moliyaviy ahvol zaiflashadi. Eksport va import nisbati quyidagilarga bog’liq bo’ladi: a) oldi-sotdi qilinadigan tovarlarning turi va miqdoriga; b) tovarlarning narxiga. Savdo balansi holati mamlakatdagi milliy ishlab chiqarish darajasiga, mamlakatning xalqaro savdodagi ishtirokiga, mamlakat tovarlarini dunyo bozorida raqobatlasha olishiga bog’liqdir. Savdo balansi holati mamlakatga valyuta kirib turishini izohlaydi, mamlakatning to’lov balansini shakllantiradi.