TEKTITLAR

TEKTITLAR (Yun. tektos — erigan) — turli shakl va kichik o’lchamdagi, usti notekis o’ydimchizikli yashil, sariq yoki kora rangdagi, butunligicha, erigan xarakterli skulptura ko’rinishiga ega bo’lgan silikatli shisha jismlar. T. da SiO2—88,5% gacha, A12O320,5%, G’eo11,5%, Sao8,5%. Muhim elementlardan Ni bo’lib, boshqa shishalarga nisbatan tarkibida suv kam bo’ladi. T. magnitlanish xossasiga ega emas. Bu T.ning juda yuqori tra va uzok, vaqt qizishidan hosil bo’lganligini bildiradi. “T.”termini avstraliyalik geolog E.Zyuss tomonidan kiritilgan (1900), uni erigan meteorit deb hisoblagan. O’tmishda T.ga taalluqli ko’pgina afsonalar to’qilgan; ular mo”jizali atributlar, tumorlar bo’lib xizmat qilgan va tabobatda ham foydalanilgan. T. Antarktidadan tashqari hamma qit’alarda topilgan. T.ning xillari topilgan geografik joyiga qarab nomlangan: irgizitlar va jamanshinitlar (Irgiz daryosi va Jan. Uraldagi Jamanshinit erlari), moldivit (Jan. Chexiya, Jan. Germaniya), filippinitlar (Filippin o.lari), indoshinitlar (Hindixitoy), avstralitlar (Avstraliya va Tasmaniya) va b. Eng yirik T. (ogirligi 3,2 kg) Laosda topilgan. O’rtacha zichligi 2,4 g/sm3. T. paleogenantropogenli yotqiziqlarda yoki Er yuzasining vulkanlar kelib chiqishi istisno bo’lgan oblastlarida uchraydi. T. tabiiy tarkalgan joyidan tashqarida faqat madaniy qatlamlarda (mas., diniy buyum sifatida) uchraydi. Hoz.ga qadar T.ning kelib chiqishi haqidagi umum qabul qilingan gipotezalar ma’lum emas. Ba’zilarning fikricha, T. meteorit; boshkalar esa ularni meteorit, asteroid yoki kometalarning erga tushishi natijasida hosil bo’lgan deb taxmin qilishadi. O’ta xarakterli skulpturaga ega. Vulkanli shishalardan farkli o’laroq, T.da kristallitlar deyarli yo’q va gaz pufakchalari nisbatan kam bo’ladi.