Televizion san’at
Televizion san’at – borliq ni televidenie orqali tasvirlovchi san’at turi. T.e. “badiiy televidenie” ahamiyatini bildiruvchi atama sifatida qo’llaniladi. San’atning boshqa turlari (kino, teatr, adabiyot, tasviriy san’at, musiqa va b.) bilan to’qnash holda yuzaga kelgan. T.e. nafakat ularning asosiy tasviriy ifoda vositalarini meros qilib oldi, balki tasvirlanayotgan voqeaga maksimal yaqinlashuv, mahsulotlarni montaj qilish, boshlovchi yoki teleko’rsatuv qatnashchilarining tomoshabinlarga murojaati, shuningdek, tomoshalarni davriy yoki seriallarga bo’lib ko’rsatishdek o’ziga xos san’at yaratdi. Televizion ko’rsatuvlarda ma’lum g’oya va maqsad ko’zda tutiladi. Bu g’oyani muayyan voqeahodisa zamirida amalga oshirish uslubiga qarab 2 yirik turga: informasion (hujjatli) va badiiy televideniega ajratiladi. Informasion televideniedagi turkum ko’rsatuvlarda voqelik hech bir ortiqcha bo’yoqsiz, tomoshabinga asl xrlida etkaziladi (“axborot”, “davr”, “Yangiliklar” va b.). Badiiy televideniening mahsulotlari esa badiiy san’at va yuksak estetik talablarga javob beroladigan, voqelikni nafis san’at vositalari, obrazlar orqali ifoda etuvchi televizion drama va ko’rsatuvlarga asoslanadi (yana q. Televidenie). Sabohat Hayitmatova, Feruza Fayzieva.