Temir, tug’ma temir
Temir, tug’ma temir — mineral, Fe bilan Ni ning aralashmasi. Topilish sharoitiga qarab — tellurli yoki er temiri (nikelli temir), meteoritli (kosmik), doimiy nikelli (kamasit va tenit) tug’ma temirlar farklanadi. Tellurli temir — kub sistemasida kristallanadi, atemir-ning modifikasiyasidan iborat bo’lgan kamyob mineral. Bir necha t og’irlikkacha etadigan uyumlar, alohida tangasimon, donador, sim shakllarida yoki bulutsimon massalar ko’rinishida uchraydi. Kimyoviy tarkibi, asosan, qattiq eritma beruvchi Fe va Ni dan iborat bo’lib, ferritlar da Ni ning mikdori 3% gacha va tug’ma nikelda temirli (avaruit, katarinit, oktibbegit, jozefinit va b.) nikelning mikdori 30% dan 80% gacha bo’ladi. Nikeltemirning qattikligi 4-5; ferritlarning zichligi 7,3—7,8 g/sm3, nikeltemirniki 7,8—8,2 g/sm3, rangi oq kumushrang. Kuchli magnitli. Er po’stida kam hosil bo’ladi va saklanadi. Bazalt jinslarda bulutsimon to’plamlar, donali ko’rinishda juda ko’p uchraydi (Grenlandiya yaqinidagi Disko o.da, Kassel, Germaniya va b.). Granitlarda juda kam, serpentinit va peridotitlarda kam bo’ladi. Platinali sochmalarda hamda sideritli cho’kmalarda, Toshko’mirli va botqoq temir rudalarida uchraydi. O’ta bekaror va tezda temir gidrooksidiga aylanadi. Meteoritli tugma temir kosmik jismlar shakllanish jarayonida hosil bo’lib, erga meteoritlar ko’rinishida tushadi.