Temuriylar harbiy san’ati
Temuriylar harbiy san’ati — jahon harbiy san’ati rivojiga Amir Temur va uning avlodlari, xususan, Bobur qo’shgan salmoqli hissa. Bu mutaxassislar, sarkardalar tomonidan g’akli ravishda e’tirof etilgan. Buyuk lashkarboshi va novator harbiy tashkilotchi hisoblanmish Sohibqiron intizomli armiya tuzishga, jang paytida qushin qismlarini oqilona boshqarishga, jang taqdirini hal qiladigan joylarga g’arbiy kuchlarni tezkorlik bilan yo’llashga, mavjud to’siq va g’ovlarni tadbirkorlik bilan bartaraf etishga, qo’shindagi jangovar ruhni yuksak darajada ushlab turishga erishgan. Amir Temur va Temuriylar armiyasi chorvadorlar qatori kosibchilik, hunar mandchilik, dehqonchilik bilan mashg’ul o’troq aholidan ham askar to’plagan. Qo’shinda harbiy kuchlarning asosini tashkil qilgan oshliq askarlar bilan bir qatorda piyodalar ham xizmat qilgan. Sohibqiron Sharqda birinchilardan bo’lib armiyaga o’t sochar qurol — to’p(ra’d)ni olib kirgan. Temuriylar davrida bu qurolning boshqa turlari (zarbzan, farangi, qozon va hokazolar) keng yoyildi. Tog’li hududlarda jang harakatlari olib boruvchi maxsus harbiy qism va bo’linmalar tashkil qilingan. Amir Temur jahon harbiy ish tarixida 1-bo’lib qo’shinni jang maydonida an’anaviy 5 bo’lakdan farqli ravishda 7 qo’lga bo’lib joylashtirish tartibini joriy etgan. Bu yangilik keyinchalik To’xtamish, Shayboniyxon singari sarkardalar tomonidan o’zlashtirilgan. Ibn Arabshohning guvoxlik berishicha, Sohibqiron qo’shinida ayollardan iborat bo’linmalar bo’lib, ular erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat namunalarini ko’rsatgan. Temuriylar armiyasi son jihatdan aniq tashkil etilgan, uning jangovar tartibi takomillashib borgan, uz vaqtining ilg’or qurol va texnikasi bilan ta’minlangan, qismlar bir-biridan kiyimbosh, bayroq va tug’lari bilan farqlangan. Bunday farqlanish jangda qo’shinni boshqarishda qo’l kelgan. Dushman mudofaasini turli usullar bilan barbod etish, raqibning yirik shaharlariga qo’qqisdan zarba berish, qal’a, qo’rg’on va hisorlarning uzoq muddat muhosara qilish, yov kuchlarini iloji boricha keng ko’lamda qurshab olib, qishloq, shahar, tuman, viloyatlarni birin-ketin zabt etish, dushmanni batamom yakson etgungacha ta’qib qilish, taslim bo’lgan mamlakatlarni boshqarishga ishonchli kishilarni tayinlash singari amaliyotlar Amir Temur va temuriylarga ko’plab zafarlar olib kelgan. Taktika jihatdan Amir Temur armiyasi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. Razvedka a’lo darajada yo’lga qo’yilgan, qismlarning janggohda yoki jangovar safda talab darajasida harakat qilishi uchun zarur tadbir va choralar ishlab chiqilgan, ularni jang paytida tezkorlik bilan boshqarishga alohida diqqat qaratilgan. O’nlik, yuzlik, minglik va tuman qo’mondonlarini tanlash masalasiga oliy bosh qo’mondon mas’ul hisoblangan. Sohibqironning harbiy san’at rivojiga qo’shgan ulkan xizmatlaridan yana biri — jang vaqtida qo’shin qanotlarini dushman hujumidan muhofaza qilish va, o’z navbatida, g’anim kuchlarini yon tomondan aylanib o’tib, unga ortdan zarba berish maqsadida tuzilgan otliq qism — qunbulning joriy etilishi bo’lgan. Bunday yangi harbiy qism Aleksandr, Gannibal, Chingizxon, Lyudovik XIV, Buyuk Fridrix kabi atoqli sarkardalar qo’shinida bo’lmagan. Shayboniyxon armiyasida bunday kiem mavjud edi va u to’lyuma atamasi bilan nomlangan. Qo’shin to’plash haqida maxsus buyruq (tunqol) elon qilingach, hukmdor tomonidan tuzilgan ro’yxatga binoan jangchilar otulovi, qurolyarog’i, oziq-ovqati, yemxashagi bilan to’planish eriga etib kelgan. Har bir askarga bitta yoy, 30 ta o’q, bir sadoq, bitta qalqon, bitta qo’shimcha ot, yarim man og’irligida arqon, bir dona pishik, teri xalta va bitga qozon ajratilgan. Har 10 jangchi bir chodir, 2 belkurak, bir Kerki, bitta o’roq, bir arra, bir tesha, bitta bolta va 100 dona Nina olib yurishi shart hisoblangan. Sara jangchilarning har 5 tasi bitta chodirga joylashgan. O’nbegining alohida chodiri va 5 ta qo’shimcha oti bo’lgan. Yuzbegiga ham alohida chodir va 10 ta qo’shimcha ot berilgan. Mingbegi chodirdan tashqari soyabon bilan ham ta’minlangan. Sohibqiron armiyasining turli bo’linma va qismlariga 313 bek boshchilik qilgan. Ulardan dastlabki 100 tasi o’nbegilik, ikkinchi 100 tasi yuzbegilik, uchinchi 100 tasi mingbegilik lavozimlarini egallagan. Diviziya — tumanlarga Amir Temurning farzandlari, nabiralari va nomdor lashkarboshilar rahbarlik qilgan. Yetarli miqdorda qo’shin to’plangach, u ko’rikdan o’tkazilgan. Temuriylar davrida yurish yoki jangdan oldin lashkarni ko’rikdan o’tkazib, uning jangovar ruhi va holatini aniklash izchillikka aylangan. Qushinning jangovar holatini nazardan o’tkazish imtihon qilish usuli sifatida e’tirof etilgan ovgarta (ov uyushtirish)dan unumli foydalanilgan. Temuriylar harbiy yurishlarga ko’proq kuklam, yoz va kuz mavsumlarida otlanishni ma’qul bilganlar. Safar qoidasiga ko’ra, har bir sarkarda o’z darajasi va lavozimiga qarab qism va bo’linmalari bilan yasol — jangovar tartibda harakat qilgan. Yasolni buzgan shaxs qattiq jazolangan. Qo’shin janggohga tushganda lashkargoh atrofi aravalar bilan to’silgan, xandaqdar bilan ihota qilingan, soqchi bo’linmalar tomonidan qo’riklab turilgan. Yurish yoki jang paytida boshboshdoqlik, parokandalikni oldini olish maqsadida har bir bo’linma, guruh, kismning o’z paroli — o’ron belgilangan. Armiya safar chog’ida quyidagi jangovar tartibda harakat qilgan: Bosh kuchlardan ancha oldinda qaravul (avanpost), undan keyin mang’lay (hiravul) (avangard), barang’ar, juvang’ar, qo’l(markaz), chag’davul (arergard) yurgan. Qo’shin ketidan o’g’ruq (oboz) peshmapesh kelgan. Oliy bosh qo’mondon jang maydonini tanlashga alohida diqqat qaratgan. Janggohning tekis, keng va qo’shin qismlarini joylashtirishga qulay bo’lishi talab qilingan. Jang maydonining suvga yaqin bo’lishi hamda jang vaqtida quyosh nurining askarlar ko’ziga tushmasligi maqsadga molik hisoblangan. Yirik muhorabalar paytida dastasi uchiga yarim oy shakli qadalgan jangovar bayroq va tug’lar bilan bezatilgan oliy qo’mondon borgohi balandlikka o’rnatilgan. U erdan jangning borishi kuzatilib turilgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Amir Temurning 12 ming kishilik qo’shini jangga mana bunday tartibda kirgan. Dushman bilan dastlabki to’qnashuvni ayg’oqchilik bilan mashg’ul bo’lgan qaravul boshlab bergan. Shundan so’ng o’ng va chap qanot ilg’or qismlari — barang’ar xiravuli va juvang’ar hiravuli madadida asosiy ilg’or qism — mang’lay jangga kirgan. Mang’lay ortidan barang’ar hamda juvang’arning qolgan 2 bo’lagi — chapavul va shag’avul ketma-ket harakatga kelgan. Ushbu kuchlar dushmanni Mag’lu6 etishga kifoya qilmasa, bosh qo’mondon (Amir ulumaro) boshchiligidagi markaz (qo’l) (g’o’l) hal qiluvchi hujumga tashlangan: vdravul, qaravul, manglay (xuravul). Sohibkiron armiyasi qatnashgan ulkan janglarning taktik borish manzarasi quyidagicha bo’lgan: qo’shin markazi 40 bo’luk — polkka taqsimlangan va Oliy bosh qo’mondonga itoat qilgan. Ushbu bo’luklarning sara jangchilardan tashkil topgan 12 bo’luki safning 1qatorida, qolgan 28 bo’luki 2 va 3 qatorlarda joylashgan. Qirq bo’lukning o’ng tarafi oldida amirzodalar qismlari, so’l tarafi oldida qarindoshlar va itshfoqchilar qismlari saf tortgan. 2-qatorning barang’arida 6 bo’luk o’z ilg’ori — hiravul bilan o’rin egallagan. Ayni shu miqsordagi bo’luk va hiravulga juvang’ar ham ega bo’lgan. 2-qator barang’ari va juvang’ari oldida yuqoridagi tartibda 1-qator qismlari joylashgan. Uning oldida bosh ilg’or — mang’lay (yoki hiravuli buzurg) harakatda bo’lgan. Engil suvoriylardan iborat 2 bo’luk armiyani qo’qqisdan bo’ladigan hamladan muhofaza qilish, dushman kuchlari harakatini kuzatish bilan band bo’lgan. Bobur qo’shini dastlab an’anaviy 5 qismdan tashkil etilgan holda harakat qilgan. Keyinchalik bu jangovar tartibga jiddiy o’zgartirishlar kiritilgan, markaz (g’o’l) kuchaytirilgan. Markaz o’ng qo’l baraig’yar chapavul va so’l qo’lga taqsimlangan hamda o’ng yon va so’l yondan iborat xossa Tobin oldida qator vazifasida harakat qilgan. Xossa Tobin o’ng va so’ldan tarkib topgan, 3-qator vazifasini o’tagan shaxsiy gvardiya bo’y oldidan joy olgan. Saralangan askarlardan tuzilgan xossa Tobin markaz (g’o’l)dan kuchsizroq, bo’ydan esa kuchliroq hisoblangan. Temuriylarga ko’plab zafarlar keltirgan bu harbiy tartib keyingi davrlarda Shayboniylar, Ashtarxoniylar va O’rta Osiyo xonliklari (Buxoro, Xiva, Ko’qon) davrida ancha o’zgarishlarga Luch kelgan. Manbalar: Bobur Zahiriddin Muhammad, Boburnoma, T., 1960; Temur tuzuklari [forschadan Alixonto’ra Sog’uniy va Habibullo Karomatov tarjimasi], T., 1991; GiYaS addin Ali, Dnevnik poxoda Timura v Indiyu [perevod, predislovie i Primechaniya A.A. Semenova], M., 1958; Sharafuddi n Ali Yazdiy , Zafarnoma, T., 1997; Ibn Arabshoh, Amir Temur tarixi. Ajoyib almakdur Fi tarixi Temur (Temur tarixida taqdir ajoyibotlari), 1-kitob, T., 1992; Nizomiddin Shomiy , Zafarnoma, T., 1996. Ad.: Grekov B.D., Yakubovskiy A.Yu., Oltin O’rda va uning qulashi, T., 1956; Razin E. A., Istoriya voennogo iskusstva, t.2, M., 1957; Dadaboev H., Amir Temurning harbiy mahorati, T., 1996. Hamidulla Dadaboyev.