Teng qanotlilar
Teng qanotlilar (Homoptera) so’ruvchi hasharotlar turkumi. 30 mingdan ortiq turi ma’lum. Og’iz apparati so’ruvchi. O’simlik shirasi bilan ozikdanadi. Ko’zlari, odatda, murakkab; kam harakatlanuvchi va o’troq yashovchi turlarida yaxshi rivojlanmagan yoki yo’q. 2 juft tiniq to’rsimon qanotlari bor; ba’zi turlarida oddingi juft qanotlari qalinlashgan. Oldingi qanotlari juda yaxshi rivojlangan, ayrim turlarida orqa qanotlar yo’q bo’lib ketgan. Ichki urug’lanadi. Talaygina Teng qanotlilarda partenogenez kuzatilgan. Teng qanotlilar tsikadalar, o’simlik bitlari, koktsidlar va boshqa kenja turkumlarga bo’linadi. Ayrim turlari qishloq xo’jaligi. Ekinlari va daraxtlarga ziyon yetkazadi; o’simliklarda virus kasalligi qo’zg’atuvchisini tarqatadi.