Terma
Terma — xalq qo’shiqlari turi. O’zbek, qozoq, qoraqalpoq, uyg’ur, qirg’iz folklorida keng tarqalgan. Paydo bo’lish davriga ko’ra an’anaviy va zamonaviy turlarga bo’linadi. Ikki asosiy ko’rinishi mavjud. Birinchisi — shoirbaxshilar tomonidan maxsus “tomoq” usulida (“ichki ovoz” uslubida) aytiladigan, nisbatan rivojlangan, ritmo’lchov jihatidan ma’lum erkinlikka ega epic mavzuli T. Ikkinchisi — shoirbaxshilar bilan birga xalq qo’shiqchilari (mas., qozoqlarda — “termeshi”) tomonidan ijro etiladigan, turli (nasihatomuz, lirik, hazil va b.) mazmunda, tor hajmli, ritmo’lchov jihatidan aniq kuylardan iborat, muayyan darajada kuychanlikka ega T. Har ikkala turining she’riy asosini 7-8 va, ba’zida, 5 bo’g’inli misralardan iborat barmoq vaznidagi xalq she’rlari tashkil etadi. Ko’p bo’g’inli misrali she’rlar esa maydaroq (7Q4 yoki 3Q5Q3 kabi) turoklarga bo’linadi. T.larniig she’riy bo’linishi kuylarning tuzilishida ham o’z aksini topadi: kuy bo’lak (oxang)larining o’zaro nisbatlari (soni, hajmi) she’riy matni qurilishi (mas., turoqlar soni va g’ajmi) ni qaytaradi. T. da ohangdorlik bilan rechitativ xususiyatlari qorishib ketgan. Odob va axloq, oshiqma’shuqlar to’g’risida, so’z va soz ta’rifi haqida (“Do’mbiram”, “qo’bizim “kabi) qator tlar yaratilgan. Doston T. lari 50-150 misra atrofida bo’ladi. “Kunlarim” an’anaviy T.si Go’ro’g’lining epik biografiyasidan iborat. Bunday T. lar Ergash Jumanbulbul o’g’li, Fozil Yo’ldosh o’g’li, Abdulla shoir, Saidmurod panoh o’g’li, Madraim shaman o’g’li va b.ning “kunlarim”, Islom shoirnint “Baxtiyor avlodlarga” kabi avtobiografik liroepik asarlarining yaratilishiga asos bo’ldi. Baxshilar tomonidan ayrim T.lar dostonlar tarkibiga singdirib yuborilganidek, dostonlarning ba’zi she’riy parchalari ham T.lar sifatida kuylangan. T.lar baxshi va xalfalar tomonidan hozir ham kuylanib, ularning yangiyangi namunalari yaratilmoqda. Ad.: Karomatov N., O’zbekxalqi musiqa merosi (20-a.da). Terma, lapar, Yalla, 2kitob, T., 1985. Olimjon Bekov.