Terminologiya

Terminologiya (termin va … logiya) — 1) 1) leksikanutg bir sohasi; muayyan fan, texnika, ishlab chiqarish. tarmog’ining, san’at, ijtimoiy faoliyat sohasining tegishli tushunchalar tizimi bilan bog’liq terminlari majmui; 2) tilshunoslikning terminlarni o’rganuvchi sohasi. T. tor ma’noda ma’lum bir sohaga oid maxsus leksika. Mas., fizika T.si, ijtimoiysiyosiy T., mashinasozlik T.si kabi. T. umumxalq tilining leksikasi negizida vujudga keladi, boyiydi. Uz navbatida u, umumxalq tilining boyishi uchun xizmat qiladi. Terminologik leksika umumxalq tili leksikasining ajralmas qismi sifatida u bilan birga rivojlanadi, jamiyat va til taraqqiyotidagi barcha jarayonlarni boshdan kechiradi. Ma’lum bir soha yoki fan yuqori darajada taraqqiy etgandagina o’sha tilda maxsus T. vujudga keladi. T. ning rivojlanishi, boyish yo’llari har xil: boshqa tillardan so’z olish, yangi so’z yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, so’z birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va b. Bugungi kunda o’zbek T.sining boyishi, asosan, boshqa tillardan so’z olish va ichki so’z yasash hisobiga ro’y bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barkarorligini belgilovchi asosiy omil uning tartibga solinganligi va muntazamligidir. T.ning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Mas., umumadabiy tilde sinonimiya, omonimiya va kup ma’nolilik tilning boyligi bo’lsa, T.da bular salbiy hodisa hisoblanadi. Mas., birgina tushunchani ifodalash uchun o’zbek tilida yarimo’tkazgich — chalao’tkazgich — nimo’tkazgich terminlari qo’llanmoqda. Bu, o’z navbatida, o’qisho’qitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. Shu sababli ham T. si ma’lum darajada barqarorlashgan barcha tillarda terminlar doimiy tartibga solib turiladi. Tartibga solish ma’lum terminologik me’yorlar asosida amalga oshiriladi. T. rivojida fan sohalariga oid maxsus lug’atlarni nashr qilib turish ham muhim ahamiyatga ega. O’zbek tili T. si ma’lum taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan. O’zbek tili T.si sohasidagi ishlarni o’tgan asrning 50-y. larida O’zbekiston SSR Oliy Soveta Prezidiumi huzuridagi til va T. komiteta boshkargan (1931-37 ylarda faoliyat ko’rsatgan), keyinchalik O’zbekiston FA Til va adabiyot inti krshidagi T. bo’limi (1964 y.dan) olib bordi. O’zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika atamashunoslik qo’mitasi 1988 y.dan 2004 y.gacha o’zbek tili T.sini tartibga solish va takomillashtirish bilan shug’ullanib keldi (2004 y. yanv.dan mazkur ko’mita faoliyati to’xtatildi). Nemat Mahkamov.