Termiz tumani

Termiz tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent. da tashkil etilgan. Jan. va g’arbdan Afg’oniston, sharkdan Tojikiston, shim. dan viloyatning Angor va Jarqo’rg’on, shim.g’arbdan Muzrabot tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,86 ming km2. Aholisi 78,6 ming kishi (2004). Tumanda 5 qishloq fuqarolar yig’ini (Pattakesar, Paxtaobod, Uchqizil, Xotinrabot, Yangiariq) bor. Markazi — Uchqizil qishlog’i. Tabiati. T.t. respublikaning eng Jan. da, Termiz sh. yaqinida joylashgan. Tuman hududining Sharqiy qismi Hisor tog’tizmasining davomi To’yintog’, Kaykitog’va uning etaklari, Xotinrabot va Qiziriq cho’llari hamda uning davomi — Qoraqir, Uchqizil, Kattaqum massivi, eski Termiz adirlari va qirlari bilan band. Bu erlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Jan. va g’arbi — Surxondaryoning Amudaryoga quyilgan qismi va Amudaryo, Surxondaryo sohillaridan iborat bo’lib, tuprog’i taqir va sho’rxok. Amudaryo, Qorasuv, Sherobod daryolari tuman hududi orqali o’tadi. Foydali qazilmalardan neft topilgan. Tuprog’i, asosan, och sarg’ish qum aralash tuproq. Adir va soyliklarda (shim.g’arbida) qo’ng’ir qum tuproq bo’lib, chirindisi ancha kam. Surxondaryo sohillarida to’qay qo’ng’ir tuprog’i va qum tuproq uchraydi. O’simliklardan oq saksovul, cherkez, taroqbosh, yaltirbosh, yantoq; Daryo bo’ylarida yulg’un, jiyda, terak, qiyoq, qamish; tog’larning baland qismida betaga, daraxt va butalardan archa, yovvoyi mevali daraxtlar o’sadi. Amudaryo vodiysida to’qayzorlar bor. Yovvoyi hayvonlardan Daryo bo’ylaridagi qamishzor va cho’llarda qirg’ovul, kaklik, tustovuq, quyon, jayra, bo’ri, chiyabo’ri, tulki, yovvoyi mushuk uchraydi. T.t. hududida Surxondaryo qo’riqxonasi joylashgan. Tumanda zang kanali (Surxondaryodan suv oladi), g’alaba, Amuzang (Amudaryodan suv oladi) sug’orish kanallari, Uchqizil suv ombori qurilgan. Iqlimi keskin kontinental. Iyul oyning o’rtacha trasi 31,4°, eng yuqori t-ra 48° ga etadi. Yanv. oyining o’rtacha trasi 2,8°, eng past t-ra -21°. Tumanning Jan.Sharqiy qismida “afg’on shamoli” esadi va ekinlarga zarar etkazadi. Vegetasiya davri 226 kundan 266 kungacha. Yozda traning yuqoriligi, iliqissiq kunlarning uzoq davom etishi tumanda issiqsevar subtropik o’simliklar — ingichka tolali paxta, xurmo va hatto shakarqamish, apelsin, mandarin etishtirishga imkon beradi. Aholisi, asosan, o’zbeklar (80,2%), shuningdek, turkman, tojik va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 91,4 kishi to’g’ri keladi. Xo’jaligi. Tuman xo’jaligining asosiy tarmoklari — paxtachilik, g’allachilik, chorvachilik, mevachilik, poliz va sabzavotchilik. Ingichka tolali paxta etishtirish ilk bor T.t. da sinab ko’rilgan. Tuman hududida O’zbekiston paxtachilik i.t. institutining Surxondaryo filiali ishlab turibdi. Bu erda selektsioner olimlar so’nggi yillarda ingichka tolali serhosil va tezpishar paxta navlarini yaratmoqdalar. “Termiz 1”, “Termiz 16”, “Termiz 24”, “Termiz 31”, navlaridan yuqori hosil olinmoqsa. Tumandagi jami 599 korxonadan 92 tasi davlat va 507 tasi nodavlat korxonalardir. T. t. da 4 qo’shma korxona, 14 aktsiyadorlik jamiyati, 20 mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va 339 sanoat, qurilish va b. korxonalar bor. Tumandagi 13 ming ga sug’oriladigan erda dehqonchilik qilinadi, shundan 5400 ga erga paxta, 5179 ga erga g’alla, 560,2 ga erga sabzavot, 122,2 ga erga kartoshka, 104 ga erga poliz ekinlari ekiladi. 394 ga mevazor, 242 ga er tokzor bilan band. Ihota daraxtzorlari, o’rmonzorlar mavjud. T.t. da 9 shirkat, 1858 fermer xo’jaligi faoliyat ko’rsatadi, parrandachilik fkasi ishlab turibdi (2004). Tumanda jami 24,6 ming qoramol (shu jumladan, 12,5 ming sigir), 39,6 ming qo’y va echki, 329,7 ming parranda, 226 ot boqiladi (2003). Tuman hududidan t.y. liniyasi o’tgan. Tuman markazi (Uchqizil qishlog’i) dan Termizga avtobuslar qatnovi yo’lga qo’yilgan. 2003/04 o’quv yilida tumandagi 32 umumiy ta’lim maktabida 22,5 ming o’quvchi, 2 kasbhunar kollejida 950 o’quvchi ta’lim oldi. Lisey, bolalar musiqa maktabi, bolalar va o’smirlar sport maktabi faoliyat ko’rsatadi. Tuman Markaziy kutubxonasi va uning tarmoklari, 5 madaniyat uyi va klub muassasasi ishlab turibdi. 2 kasalxona, 9 qishloq vrachlik punkti, 18 feldsherakusherlik punkti va b. tibbiy muassasalarda 87 vrach, 641 o’rta tibbiy xodim ishlaydi. 2 shoshilinch yordam styasi, 3 dorixona mavjud (2003). Tuman hududida “Jayranxona” balneologik shifoxonasi, Respublika tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot intining 180 o’ringa mo’ljallangan Termiz filiali tashkil etilgan. Bu erda qum vannasi, bug’terapiyasi, mineral suv, tuz g’orlari kabi davolash usullari bor. Bemorlarni muolaja qilishda mineral suvi, qum va togda o’suvchi dorivor o’simliklardan tayyorlangan ichimliklardan keng foydalaniladi. Sayyoxlik maskani barpo etilgan. 1990 y. da tumanda radioeshittirish va teleko’rsatuvlarni kuchlantirib beruvchi teleminora (bal. 368 m) ishga tushirildi. T. t. hududida eski Termiz xarobalari (umumiy mayd. 300 ga) saklanib qolgan. Shuningdek, Qoratepa, Chingiztepa, Qirqqiz qal’asi, To’rtauz gumbaz maqbarasi xarobalari, Zulkifl mozori, Uyiqgumbaz, Xo’ja Ro’shnoiy maqbaralari, Hakim atTermiziy, Sulton Saodat me’moriy majmualari, katta masjid, Kokildor ota xonaqohi kabi me’moriy yodgorliklar saklangan.