TEXNOLOGIYA

TEXNOLOGIYA – tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida (xomashyo, material yoki yarim fabrikatlarga ishlov berish, tayyorlash) qo’llaniladigan usul va usullar majmuyi; shunday usul va usullarni ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi fan. Ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi bo’Igan operatsiyalar (materiallarni qazib olish, tashish, yuklash, yuklash-taxlash, saqlash va b.) ularni bajarish bo’yicha instruksiyalar, texnik qoida va talablar, grafiklar va boshqalar ham texnologiyaga kiradi. Texnologiyaning fan sifatidagi vazifasi amalda eng samarali va tejamli ishlab chiqarish jarayonlari (eng kam vaqt va material resurslar talab qiladigan)ni aniqlash va ulardan foydalanish maqsadida Fizik, kimyoviy, mexanik va boshqa qonuniyatlarni aniqlashdan iborat. Zamonaviy texnologiyani rivojlantirishning asosiy yo’llari mashina va uskunalardan samarali foydalanish, uzlukli (diskret, siklli) texnologikjarayonlardan uzluksiz potok usuliga o’tish, yoqilg’i, energiya, material va xomashyodan to’la foydalanishdan iborat.