Tog` paydo bo`lishi
Tog` paydo bo`lishi – Yerning ichki va tashqi kuchlari ta’sirida yer yuzasida tog`lar paydo bo`lishi. Yerning vertikal ko`tarilishi hamda oqar suvlar faoliyati ta’sirida tog` tizmalari, tog` massivlari, vodiylar, soyliklar va tekisliklar vujudga keladi.