Toifi, toyfi, Sayfi g’ulomi

Toifi, toyfi, Sayfi g’ulomi — kechpishar xo’raki uzum navi. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Vatani — Arabiston. O’rta Osiyoda qadimdan ekiladi. O’zbekiston, Turkmenistan, Tojikiston, Qozog’iston, Qirg’izistonda keng tarqalgan. Oq T., va Pushti T. xillari bor. Ularning farqi asosan uzumi rangida. Pushti T. ko’proq ekiladi. Tupi kuchli o’sadi. Barglari o’rtacha, to’garak yoki uzunasiga salgina cho’ziq (diametri 14-16 sm), besh bo’lmali, pastga qaragan tomoni tuk – li. Guli ikki jinsli. Uzum boshi katta (2,5—6,5 kg gacha). G’ujumi yirik, cho’ziq, uch tomoni o’yikli, kungay tomoni pushti. Tarkibida 22-25% qand, 4-5% kislota bor. Po’sti qalin, eti sersuv, karsillaydi. Kurtagi bo’rtgandan keyin faol harorat yig’indisi 3640° bo’lganda 151 — 188 kunda — sent. oxirida to’liq etiladi. Novdalari yaxshi pishadi. Hosiddorligi 160-280 ts/ga (350 ts gacha boradi). Uzumi sakdashga va uzok, joylarga yuborishga chidamli. Yangiligida iste’mol qilinadi, mayiz solinadi. T. baland ishkomlarda va ko’p zangli elpig’ichsimon shakl berib o’stirilsa, yuqori hosildorlik ta’minlanadi. Tuproq sharoitlariga talabchan emas. O’zbekistonning barcha viloyatlari uchun rnlashtirilgan.