TO’LOV BALANSI
TO’LOV BALANSI – 1. Ma’lum bir davr (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida mamlakat tomonidan xorijga to’langan to’lanmalar va xorijdan olingan to’lovlar o’rtasidagi nisbat. O’z ichiga tegishli davrda mamlakat tovarlari eksporti va importi qiymatlarini ifodalovchi savdo balansi, xizmatlar balansi va notijoriy to’Iovni oladi. Bularning barchasi joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansini shakllantiradi. Mamlakatning umumiy to’lov balansi esa joriy operatsiyalar bo’yicha to’ lov balansi, kapitallar va kreditorlar harakati balansi, shuningdek, oltin va valyuta rezervlari harakati balansidan tashkil topadi. 2. Mamlakatning butun xalqaro iqtisodiy faoliyati natijalarini o’zida aks ettiruvchi balans. Xalqaro valyuta fondining klassifikatsiyasi bo’yicha to’lov balansi o’z ichiga: a) joriy operatsiyalar balansi; b) pul kapitallari balansi; d) rasmiy valyuta rezervlaridagio’zgarishlarni qamrab oladi. Umuman olganda, har qanday tashqi iqtisodiy bitim valyutalarni xarid qilish, sotish bilan bog’liq, binobarin, davlatning tashqi iqtisodiy faoliyati xorijiy valyutalarning kelib tushishi va sarflanishida o’z aksini topadi. Shuning uchun to’lov balansida valyutalarning kelib tushishi (+) sarf qilinishi ( – ) bilan belgilanadi (qarang, joriy operatsiyalar balansi, kapitallar harakati balansi).