Tomson

Tomson (Thomson) — otabola ingliz fiziklari. 1) Jozef Jon (1856.18.12, Chitemxill, Manchester yaqinida — 1940.30.8, Kembrij) — ingliz fizigi, metallarning elektron nazariyasi asoschilaridan biri. London Qirollik jamiyati a’zosi (1884 y.dan) va prezidenti (1915— 1920). Manchesterdagi Ouene kollejini (1876) va Kembrij untining Triniti kollejini (1880) tugatgan. 1884-1919 y.larda Kembrij un-ti prof va Kavendish lab. rahbari. 1897 y.da elektronna kashf etib, uning zaryadini va massasini aniklagan. 1903 y.da atomning birinchi modelini taklif qilgan. Rentgen nurining uzluksiz spektrini tushuntirib bergan. 1911 y.da parabolalar usulini ishlab chiqqan, bu usul keyinchalik massspektrometriya sohasining yaratilishiga olib keldi. T. izotoplarni ochishda katta rol o’ynadi. Gazlardagi elektr razryadlarini o’rgandi. Nobel mukofoti laureati (1906). 2) Jorj Pajet (1892.3.5 Kembrij — 1975.10.9) — ingliz fizigi, London Qirollik jamiyati a’zosi (1930 y.dan). Kembrij untini tugatgan (1914). Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasi, kvant mexanika, aerodinamika va b.ga oid. Elektronlar difraktsiyasi hodisasini kashf etib (1926-27; amerikalik fizik L.Jermer (1896— 1971) va kJ.Devissontn mustaqil ravishda), ularning to’lqin tabiatga ega ekanligini amalda isbot qilgan. Nobel mukofoti laureati (1937; K.J.Devisson bilan hamkorlikda).