Tonnel, tunnel
Tonnel, tunnel (inglizcha) – transport vositalari, kishilar o`tishi, suv oqishi uchun mo`ljallangan gorizontal yoki qiya yer osti inshooti, boshliq. Nimaga xizmat qilishiga qarab transport tonnellari, ya’ni temir yo`l, avtoyo`l, metropoliten, piyoda kishilar tonnellari, gidrotexnik tonnellar, kommunal (vodoprovod, kanalizatsiya, issiqlik – gaz ta’minotiga xizmat qiladigan) tonnellar va b. bo`ladi. Qayerda qurilishiga qarab tog`, suv osti va tekislik yoki shahar tonnellari (Masalan, metropoliten tonnellari) bo`ladi.