Topografik xaritalar

Topografik xaritalar (yunoncha topos – joy, grafo – yozaman)-1:5000 dan 1:200000 gacha bo`lgan yirik masshtabdagi xaritalar. Topografik xaritalarda joydagi predmetlar aniq va mufassal tasvirlanadi; turli ob’ektlar maxsus belgilar bilan, reylef esa gorizontallar bilan ko`rsatiladi. Xarita ramkasining o`ng va chap chekkalari meridianlarning yo`nalishiga to`g`ri keladi. Topografik xaritadan xalq xo`jaligida va mamlakat mudofaasi maqsadlarida foydalaniladi.