TO’RG’AY

TO’RG’AY — Qozog’istondagi daryo. Uzunligi 825 kilometr, havzasining maydoni 157 ming kilometr kvadrat. O’rta oqimida suvining o’rtacha sarfi 9 m3/sek. Qozog’iston past tog’larining g’arbiy chekkasidan boshlanadigan Qorato’rg’ay va Jaldama daryolarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Asosan, To’rg’ay soyligidan oqib o’tib, Shalqartengiz botig’ida tugaydi. Qordan to’yinadi. Noyabrda muzlab, aprelda muzdan bo’shaydi. Yozda quyilish joyida suvi sho’rlanadi.