Torg’oq, cho’l torg’oq

Torg’oq, cho’l torg’oq (Chettusia gregaria) — balchiqchilar kenja turkumining rjankalar oilasiga mansub qush. Tanasining uz. 32 sm gacha, og’irligi 190 g ga yaqin. Patlari qora, oq va sarg’ish xolli ko’ng’ir kulrang tusda. T. — cho’l qushi. Ilgari Rossiya, Ukraina va Qozog’istonning cho’l mintaqalarida ancha keng tarqalgan edi. Hoz. Shim.Sharqiy Afrika, Pokiston Jan.da, Xindistonning shim.g’arbida qishlaydi. Inini erga yasab, 4-5 ta tuxum qo’yadi. Tuxumini 25 kun bosadi. Hasharotlar, ba’zan o’simlik urug’lari bilan oziqlanadi. Cho’llarning o’zlashtirilishi, chorva mollari T. uyalarini bosib ketishi sababli soni kamayib bormoqda. O’zbekistonda migrasiya davrida uchraydi. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi va O’zbekiston Respublikasi qizil kitobiga kiritilgan.