Tortishmachoq

Tortishmachoq – o’yin turi; qad. zamonlardan bolalar, yoshlar va kattalar o’rtasida qo’llanib kelingan. Arqon tortish, arqon talashish, tortishuv, bellashuv nomlari bilan xam ataladi. Navro’z bayrami, xalq sayillari, to’ylar va b. marosimlarda T. bo’lgan. T.ning, asosan, 2 turi bor. Birinchisida, maydonchaning o’rtasidan ko’ndalang chiziq o’tkaziladi. Yoshi, kuchi va jinsi jihatidan bir xil ikki jamoa tuzilib qaramaqarshi tomonga turadi. Ular maydoncha o’rtasida sertugun arqonni o’z tomonlariga tortishga shay turishadi. Hakam hushtak chalishi bilan har bir tomon kuch bilan arqonni torta boshlaydi. Arqonning o’rtasidagi rangli tasma (lenta)ning ko’proq qismini o’z chizig’idan o’tkazgan jamoa g’olib hisoblanadi. T.ning 2turida arqon ishlatilmaydi. Maydonchaning qaramaqarshi tomonlariga parallel 2 chiziq o’tkaziladi. Jamoalar ichidan baquvvat o’yinboshchilar tayinlanadi. Ular qo’llariga qiyiqchabelbog’ni mahkam bog’lab olishadi. Jamoa a’zolari esa ketma-ket bo’lib oldindagi sherigining belidan mahkam quchoqlab shaylanib turishadi. Hakamning ishorasi bilan jamoalar T. boshlaydilar. Qaysi jamoa 1bo’lib o’rtadagi 2 ta chiziqdan raqib o’yinchilarni o’ziga tortib o’tkaza olsa, o’sha jamoa g’olib sanaladi. Tal’at Usmonxo’jaev.