TO’RTLIK
TO’RTLIK — tugal mazmun ifodasiga ega bo’lgan she’riy shakllardan biri; 4 misradan iborat band. Qofiyalanish tartibi: avav, avva, aavv. To’rtlikni uzaytirish (avavav) yoki unga boshqa bandni ulash (avaves) va boshqa yo’llar bilan bir nechta To’rtlikdan iborat she’r shakli vujudga keladi. Bunday she’r tuzilishi o’zbek xalq og’zaki ijodida, qadimgi va hozirgi yozma adabiyotda ham uchraydi. Ruboiydan vazni, kompozitsiyasi, aruzla yozilganligi va fikrning quyma holda berilganligi bilan farq qiladi.