Toshbaqatol

Toshbaqatol (Haplophyllum regforatum) — toshbaqatoldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik badbo’y o’t. Nuqtasimon qora bezlar bilan qoplangan. Bo’yi 3070 sm, poyasi yuqori qismidan shoxlangan. Bargi tolning bargiga o’xshash uzunchoq, tekis qirrali. Guli sariq, poya va shoxlar uchida qalqonsimon to’pgul hosil qiladi. Mevasi 4 chanoqli ochilmaydigan ko’sakcha. May — iyudda gullaydi, avg.da urug’i pishadi. T. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Farg’ona, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi adirlar, tog’etaklari va o’rta qismidagi yon bag’irlarda o’sadi. Tarkibida 0,050— 0,21% efir moyi, bargida 0,1 — 1,2%, poyasida 0,075 — 0,14%, ildizida 0,025%, urug’ida esa 1,6% alkaloid toshbaqatol. (xaploperin, ixoxaploperin, skimmanin, xaplofin, xaplofilidin va perforin) bor. Poyasi va barglaridan tayyorlangan qaynatma va damlamalar tish og’rig’i va har xil teri kasalliklarini davolashda qo’llanadi.