TOSHDARAXT, qatrang’i, tug’dona

TOSHDARAXT, qatrang’i, tug’dona (Celtis L.) — qayrag’ochdoshlar oilasiga mansub barg to’kadigan, doim yashil daraxtlar turkumi. Bo’yi 10 m dan oshadi. Shoxlari qo’ng’ir yoki qizg’ishqo’ng’ir. Barg plastinkasi tuxumsimon, tishli, yuzasida 3 ta tomiri bor, uz. 3-7 sm, eni 2-4 sm. Gullari ko’rimsiz, poligam, gulkosasi oddiy, 5 bo’lakli. Mevasi — danakcha, qo’ng’ir yoki tillarang. Apr.da gullab, sent.da urug’laydi. Shim. va Jan. yarim sharlarning tropik va qurg’oqchil mintaqalarida 50 ga yaqin turi ma’lum. 2 turi — Kavkaz T.i (S. caucasica Wild.), bo’yi 20 m cha, bargi kulrangyashil, momiqli, Kavkaz va O’rta Osiyoda usadi; silliq T. (S. glabrata) — bo’yi 4-6 m, Qrim va Kavkazning toshli quruq qoyalarida tarqalgan. Asosan, tog’lardagi yirik va chag’ir toshli yonbag’irlarda o’sadi. T. ko’kalamzorlashtirish uchun ekiladi. Mevasi eyiladi, yosh bargi mollarga beriladi, po’stlog’idan oshlovchi moddalar olinadi. Yog’ochi qattiq, mustahkam, duradgorlik va uskunasozlikda ishlatiladi.