Toshkent iqtisodiyot universiteti

Toshkent iqtisodiyot universiteti — yirik oliy o’quv yurti. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tarkibida. 1931 y. 13 avg.da O’rta Osiyo Moliyaiqtisod inti tashkil etilgan, keyinchalik Toshkent moliya iktisodiyot intiga aylantirildi, bu int 1962-91 y.larda Toshkent xalq xo’jaligi inti nomi bilan faoliyat ko’rsatdi. 1991 y. 19 iyundan iktisodiyot unti. Untda iktisodiyot va statistika; buxgalteriya hisobi va audit; tijorat; menejment, informatika va iktisodiy ta’lim pedagogikasi; xalqaro iktisodiy munosabatlar; xalqaro biznes; xalqaro turizm ftlari, 46 ta kafedra bor. Unt qoshida Iqtisodiyot, biznes, malaka oshirish va xodimlarni qayta tayyorlash inti, Kelajak ilmi eksperimental xalqaro biznes maktabi, iqtisodiyot kasb kolleji, Respublika iqtisodiyot akademik liseyi, iqtisodiy gimnaziya, qimmatbaho qog’ozlar bozori mutaxassislarini tayyorlash markazi, ixtisoslashtirilgan oliy biznes maktabi, hisob va audit resurs markazi, Texnomarket, biznes inkubatori, kutubxona (800 ming asar), unt tarixi muzeyi faoliyat olib boradi. Untda iktisodiyot (xalq xo’jaligi tarmoqlari bo’yicha), menejment, marketing, kasbiy ta’lim, informatika va axborotlar texnologiyasi, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iktisodiy munosabatlar, bank ishi, buxgalteriya xisobi va audit, moliya, soliklar va soliqqa tortish, biznes, bojxona ishi, turizm, servis (turizm), statistika yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar hamda 24 mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlanadi. 2003/04 o’quv yilida untda 7804 talaba o’qidi, 535 prof.o’qituvchilar, shu jumladan 54 fan dri va 218 fan nomzodi va dos.lar ishladi. Unt faoliyati I. I. Iskandarov, M.Sh. Sharifxujaev, S. S. G’utomov. V. V. Kim, M. M. Qoriev, E. A. Akromov, III SH. Shodmonov, A. U. O’lmasov, A. E. Ishmuhamedov va b. olimlar nomlari bilan bog’liq. Unt dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi etakchi unt va ilmiy markazlari bilan xalqaro aloqalar o’rnatgan. 1991-2003 y.larda untda 100 dan ortiq xorijlik talabalar tahsil oldi, 500 dan ortiq xorijlik prof. o’qituvchilar ishladi. Unt AKD1, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Malayziya, Vengriya, Koreya, Yaponiya, Niderlandiya, Belgiya, Rossiya, Qozog’iston, Ukrainadagi 50 ga yaqin nufuzli untlar, intlar, ilmiy maktablar bilan aloqalarga ega. Darsliklar, o’quv qo’llanmalari, ilmiy ishlar tugshamlari, “iktisodiyot va ta’lim” jurnalini nashr etadi. Saidahror G’ulomov.