TOSHKENT QO’ZG’OLONI

TOSHKENT QO’ZG’OLONI (1847) Toshkent aholisining Qo’qon xonining noibi Aziz parvonachi zulmiga karshi ko’targan qo’zg’oloni. Qo’zg’olonga noibilaning Toshkent va unga tobe erlar aholisidan urushlar natijasida bo’shab qolgan xazinani to’ldirish uchun qo’shimcha 4 ming tilla soliq yig’ish to’g’risidagi farmoyishi sabab bo’lgan. Qo’zg’olon shaharning Parchabof va Sag’bon mahallalarida Ramazon oyining jumaga o’tar kechasi boshlanib, so’ng boshqa mahallalarga tarqalgan, ommaviy tus olgan. Ko’chalar g’ovlar bilan to’silgan. Qo’zg’olonchilar qattiq qarshilik ko’rsatganlar, xonlik lashkarlari ularga to’p va miltiqlardan o’t ochganlar. Qo’zg’olonda hunarmandlar, mayda savdogarlar, kambag’allar ishtirok etgan. Shoyi to’qish ustaxonasining egasi Muhammad Yusufhoji (Mayusuf) qo’zg’olon rahbarlaridan biri bo’lgan. Qo’zg’olonchilar Aziz parvonachini hokimiyatdan chetlatish, ortiqcha soliklarni bekor qilishga erishganlar. Toshkent sh. va uning atrofidagi erlar aholisiga soliklar borasida o’tkazilgan jabrzulmlar, bunga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olonlar Muhammad Solihning “tarixi jadidai Toshkand” asarida batafsil yoritilgan.