Toshkent tumani
Toshkent tumani – Toshkent viloyatidagi tuman. 1975 y. 25 noyab.da tashkil qilingan. Shim.dan Qozog’iston, sharqdan Qibray tumani, Jan.dan Toshkent sh., g’arbdan Zangiota tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,16 ming km2. Axoliey 133,1 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Keles), 9 qishloq fuqarolari yig’ini (Guliston, Ko’kterak, Ko’ksaroy, Masalboy, Choshtepa, Chuvalachi, Yunusobod, Qizg’addoq, Hasanboy) bor. Markazi — Keles sh. Tabiati. Tuman hududi Chirchiq va Keles daryolari vodiysida joylashgan. Relefi, asosan, pastbaland tekislikdan iborat. Iklimi kontinental. Yillik o’rtacha tra 13,3°. Yanv.ning o’rtacha trasi -0,9°, -1,1°, eng past tra -29°. Iyulning o’rtacha trasi 26,7°, eng yuqori tra 42°. Yillik yog’in 370-390 mm, asosan, qishning 2yarmi va bahorda yog’adi. Vegetasiya davri 235 kun. Foydali qazilmalardan o’tga chidamli gil, shag’al, qum va issiq mineral suv buloqlari bor. Ekinlarni sug’orishda Keles daryosi va Zaxariq hamda Bo’zsuv kanallaridan foydalaniladi. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, rus, tatar, qirg’iz, koreys, uyg’ur va b. ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 832 kishi. Aholining 24,4% sanoat korxonalarida ishlaydi. Xo’jaligi. Q.x., asosan, chorvachilik, sabzavotchilik va bog’dorchilik hamda tokchilik yaxshi rivojlangan. Pillachilik bilan ham shug’ullaniladi. T. t. sanoati q. x. mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Junni Kanta ishlash fkasi (Keles), g’isht zdi, qurilish materiallari, oziq-ovqat i. ch. korxonalari va b. dan iborat. Tumandagi jami korxonalarning yarmisini xususiy korxona va firmalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, qo’shma va jamoa korxonalari va b. tashkil etadi. “Kelesjun” fkasi, “ASTRA FARJM” korxonasi, “GANJBAYJON” — O’zbekistonTurkiya qo’shma korxonalari, sutni qayta ishlash, O’zbekistonchexiya nasos ishlab chiqarish., O’zbekistonTurkiya mebel i. ch. korxonalari samarali faoliyat kursatmoqdalar. Ixtisoslashgan bozorlari bor. T. t. da 12 shirkat, 72 fermer, 80 dehqon xo’jaliklari mavjud. Q.x. erlari umumiy ekin mayd. 6169 ga, shundan 2630 gektar erga bug’doy, 1490 ga erga kartoshka, sabzavot, 1814 gektar erga ozuqa ekinlari ekiladi. 1206 ga er tokzor, 90 ga er o’rmon va manzarali daraxtlar bilan band. Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 13,3 ming qoramol, 5,2 ming qo’y va echki boqiladi, 3 parrandachilik fermasi bor. Shreder nomidagi bog’dorchilik, tokchilik va vinochilik i.t. instituti, o’rmon xo’jaligi i. t. instituti tasarrufidagi tajriba i. ch. xo’jaligida o’rmon bilan qoplangan erlar 86,14 ga. 22 xil ko’chat turlari etishtiriladi. Tumanda 20 ta yo’nalishda avtobus qatnaydi. Avtobus yo’llari 146 km, ichki xo’jalik yo’llari 417 km, t. y. esa 12 km. (Toshkent—Moskva t.y.). 31 maktabda 31 ming o’quvchi ta’lim oladi (2004). 35 kutubxona, 2 madaniyat uyi, 30 ta klub muassasasi, “Akvapark” bor. 3 stadion, suv havzasi, 3 tennis korti, 31 sport zali, 52 futbol, 45 basketbol, 25 qo’l to’pi, 36 futbol maydonlari mavjud. 4,6 ming bola sportning 15 turi bilan, 12,9 ming kishi ommaviy sport turi bilan shug’ullanadilar. T. t. da 5 kasalxona (440 o’rin), 12 kishloq vrachlik punkti, 5 poliklinika va b. tibbiy muassasalarda 276 vrach xizmat ko’rsatadi. Mustaqillik yillarida Markaziy poliklinika, stomatologiya poliklinikasi, tuman Markaziy tug’ruqxonasi (130 o’rin) va yana bir qancha qishloq vrachlik punktlari qurilib, foydalanishga topshirildi. Tumandagi 60 maxallaning xar biri o’z guzariga ega. “Alisher Navoiy”, “Shamsiobod” va “G’ishtko’prik” mahallalari Respublika miqyosidagi ko’rik tanlovi golibi hisoblanadi. 1977 y.dan “istiklol nuri” tuman gaz.si chop etiladi (adadi 6000 ga yaqin). Erkin G’ulomov.