TOSHKENT VOHASI

TOSHKENT VOHASI – O’zbekistonning shim.Sharqiy qismidagi voha. Toshkent viloyatining katta qismini egallaydi. G’arb va Jan.g’arbda Sirdaryo bilan chegaralanadi, sharkda Chirchiq va Ohangaron vodiylari bo’ylab, G’arbiy Tyanshan sistemasidagi Qorjontov, Ugom, Piskom, Chatqol va Qurama tizmalari oralig’iga kirib boradi. T.v. qadimdan (7-11-a.lar) yirik dehqonchilik rni hisoblangan. Voha, asosan, Chirchiq va Ohangaron daryolari bilan sug’oriladi. T.v.ni sug’orish uchun Zaxariq, Bo’zsuv, Qorasuv, Salor, Jo’nariq, Shim. Toshkent, yuqori Toshkent kabi kanallar va ko’pdanko’p arikdar, Tuyabo’g’iz, Chorvoq kabi suv omborlari qurilgan. T. v.ning mutlaq balandligi g’arbida 250 m, sharqqa tomon esa 1000-1100 m ga ko’tariladi. Voha, asosan, adirlar, tog’oldi tekisliklaridagi dare terrasa (ko’xna qayir) laridan iborat. Chirchiq va Ohangaron daryolari Sirdaryoga kuyilgungacha 5 ta terrasa hosil qiladi. Ularning usti lyoss va lyossimon g’ovak jinslardan tashkil topgan. Vodiy bo’ylab tog’lar ichkarisiga kirib borgan sari terrasalarining soni ortib boradi. Ohangaron daryosi vodiysida (Turk qishlog’idan yuqorida) 12 ta, Piskom daryosi vodiysida (Nanay qishlog’i yaqinida) 20 ta terrasa aniqlangan. Paleozoy erasiga mansub qattiq otqindi jinslar (porfir, porfirit va tuflar) tog tizmalarining yon bag’irlaridagina ochilib kalgan. Paleogen va neogenga xos bo’lgan ohaktosh, qumtosh, gil va mergel yotqiziqlari keng tarqalgan. T. v. ikdimi mo”tadil kontinental. O’rtacha yillik t-ra 12°-13°, yanv. da o’rtacha t-ra 0, eng past t-ra -30°, — 35°. Iyul oyining trasi 27-28°, ba’zan, 40-42°. Yillik yogin 245-280 mm;.toqqa yaqinlashgan sari (Ko’korol, Bo’zsuv, Toshkent, To’ytepa) 310-350 mm, hatto 380 mm. Mutlaq balandlik bilan birga yog’in miqdori ham ortib boradi. Chirchiq va Parkentda 500-550 mm. Turk qishlog’i va Chorvoq yaqinida 600-700 mm ga etadi. Yog’inning 40% bahorda, 30-35% qishda, 16-17% kuzda, 5-9% yoz faslida tushadi. Vohada er osti suvi ko’p, geologik yotqiziqlarga bog’liq holda turlicha chuqurlikda, suvayirg’ich joylarda, daryolarining yuqori terrasalarida 20-25 m, Daryo bo’ylarida, jarliklarda 1,5— 2 m chuqurliqsa uchraydi. T. v., asosan, tog’oldi bo’z tuproqlar mintaqasida joylashgan. Daryolarning qayirlarida va quyi terrasalarda o’tloq allyuvial, o’tloqbotqoq, botqoq tuproqlar uchraydi. Bu tuproqlarda chirindi miqdori 2-6%, 7— 8%. Vohaning sug’oriladigan erlarida paxta, kanop, sabzavot va poliz ekinlari, bahorikor erlarda boshoqli don ekinlari (bug’doy, arpa, sholi, suli), makkajo’xori, xashakli o’simliklar etishtiriladi. Qayrag’och, majnuntol, sada, chinor, terakning bir necha turi; oq akasiya, eman kabi 900 xilga yaqin daraxt va buta turlari; olma, nok, behi, anor, anjir, o’rik, shaftoli, bodom, yong’oq, olxo’ri, jiyda, olcha, gilos kabi mevali daraxtlar o’sadi. Hayvonlardan bo’rsiq, tulki, chiyabo’ri, bo’ri va b. sut emizuvchilar uchraydi. Tipratikan, toshbaqa, yumronqoziq, ko’rsichqon, qo’shoyoqlar, sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ko’lvor ilon, suvilon, qushlardan tuvaloq, so’fito’rg’ay, tasqara, zarg’addoq, tustovuq, zag’izg’on, qarqunoq, mayna, sa’va, kaklik, bedana ko’p.