Toshko’mir

Toshko’mir — yuksak o’simliklar organik qoldiqlarining parchalanishi va atrofini o’rab turgan er po’sti jinslarining bosimi hamda nisbatan yuqori trada hosil bo’ladigan qattiq yoqilg’i. Qazilma ko’mir turlaridan biri. Qo’ng’ir ko’mirga nisbatan tarkibida uglerodi ko’p; zich, Tim qora, ba’zan qo’ng’ir qora, yog’simon yaltiraydi, yarim yaltiroq yoki xira bo’ladi. Ko’mirga aylanish darajasiga ko’ra, T. qo’ng’ir ko’mir bilan antrasit (ko’mirning eng toza xili) oralig’ida turadi. Odatda, qo’lga yuqmaydigan yirik yoki mayda donali bo’ladi. Tarkibida 75-97% va undan ko’proq uglerod; 0,5—4% oltingugurt; 1,5% gacha azot, 42 dan.7-12% gacha uchuvchan moddalar bo’ladi. T.ning namligi 4 dan 14% gacha o’zgarib turadi; kuli, odatda, 2-4% dan 45% gacha. Eng yuqori yonish issiqligi 5700 kkalG’kg. T. Er qobig’i yuqori qismining o’simlik qoldiklari parchalanishidan hosil bo’ladi. Yonuvchi massasida uglerod mikdori ko’payib, kislorod, vodorod, uchuvchan moddalar kamayib boradi; shu bilan birga uning yonish issikligi va b. xossalari xam o’zgaradi. T. silur va devon davridan boshlab barcha geologik sistemalarda paydo bo’lgan. Toshko’mir, Perm va yura sistemalari qatlamlarida ayniqsa ko’p. U turli qalinliqdagi (0,1 m dan boshlab bir necha o’n m qalinlikda) qatlam holida bo’ladi. Ko’mir er sirtidan boshlab to 2000-2500 m va undan ham chuqurda yotadi. T. turli sohalarda: ro’zg’orda, energiya yoqilg’isi hamda metallurgiya va kimyo sanoati xom ashyosi sifatida ishlatiladi. O’zbekistonda T. Sharg’un va Boysun kumir konlarida mavjud.