TOYBUG’O, Taybug’a
TOYBUG’O, Taybug’a — Sibir xonlari sulolasining afsonaviy asoschisi; chingiziylarga mansub bo’lmagan mahalliy zodagonlardan. 1495 y. shayboniylardan Iboqxon o’ldirilgach, “Toybug’o xonadoni”dan chiqqan Mamat (Mahmet) turkiy uluslarning siyosiy Ittifoqiga rahbarlik qilgan (q. Sibir xonligi). 16-a.ning 1yarmidat. sulolasidan bo’lgan xonlar Qozon xonlari bilan qudachilik aloqalari o’rnatganlar. Yodgorxon va Bekbulatxon o’zlarini Moskva vassallari deb tan olganlar (1555). 1563 y. Sibir taxtini Shayboniy Kuchumxon egallashi bilan T. sulolasi barham topgan.