Transformator

Transformator (lot. transform — o’zgartiraman) — texnikada — energiya yoki ob’ektlarning biron bir muhim xossasi (mas., tok kuchi, kuchlanish va b.)ni o’zgartirish uchun mo’ljallangan qurilma. Elektr T., gidrotransformator, fototransformator, O’YuCh (o’ta yuqori chastota) T.i va b. xillargabo’linadi. Elektr T. o’zgaruvchan tok kuchlanishini o’zgartirish (kuchaytirish yoki pasaytirish) uchun mo’ljallanadi. Uning ishi elektromagnit induktsiya hodisasiga asoslanadi. U bitta birlamchi chulgam, bitta yoki bir necha ko’p ikkilamchi chulg’am va asosan berk tipdagi ferromagnit o’zak (magnit o’tkazgich) dan iborat. Barcha chulg’amlar ferromagnit o’zakka o’raladi va birbiriga induktiv bog’langan bo’ladi. Birlamchi chulgam uchlari (T. kirishi) o’zgaruvchan tok kuchlanish manbaiga, ikkilamchi chulgam (yoki chulg’amlar) uchlari (T. chiqishi) iste’molchilarga ulanadi. Elektr T.ni birinchi marta P. N. Yablochkov 1876 y. elektr yoritish tarmogida ishlatgan. M. O. DolivoDobrovolskiy 1890 y. uch fazali elektr T.ni yaratgan. Keyinchalik boshqa olim va ixtirochilar T. ni takomillashtirish, quvvati va f.i.k.ni oshirish, izolyasiyani yaxshilash, ixchamlashtirish va b.ga doyr ishlar olib borishgan. Elektr T.ning eng keng tarqalgan turi kuch T.laridir. Ular elektr uzatish liniyalari (EUL)ga o’rnatiladi. Bunday T. lar elektr styalarning generatorlari ishlab chiqargan tok kuchlanishini 10— 15 kv dan 220-750 kv gacha kuchaytirib beradi. T.larning chulg’amlari misdan, magnit o’tkazgichlari sovuklayin prokatlab ishlab chiqarilgan elektrotexnika po’latidan tayyorlanadi. Elektr T.ning quruq va moyli turlari bor. Quruq T. havoda moysiz sovitiladi. Moyli T.ning magnit o’tkazgichi va chulg’amlari mineral moy to’ldirilgan Bakka joylashtiriladi. Moy izolyasiya va sovituvchi vazifasini o’taydi. Kuch T.laridan tashqari o’lchash T.i, kuchlanish T.i, tok T.i, impuleli T., radiochastotali T. kabi T.lar ham mavjud. O’zgaruvchan tok tarmog’ida kuchlanishni kuchaytirish yoki pasaytirish hamda elektr energiyani iste’molchilarga taqsimlash uchun mo’ljallangan majmua kichik T. styasi (podstantsiyasi) deb ataladi. Unda kuch T. i, taqsimlash qurilmalari, avtomatik boshqarish va himoya qurilmasi, qo’shimcha inshootlar bo’ladi. Yuqori quvvatli ba’zi pasaytirish T. podstantsiyalarida kuchli, lab.da uyro’zg’orda ixcham avtotransformatorlar ishlatiladi.