TRANSMILLIY KORPORASIYA

TRANSMILLIY KORPORASIYA (TMK) — xorijiy aktivlarga ega bo’lgan, operasiyalarining kamida 1/4 qismini mamlakat tashqarisida, o’zi ro’yxatga olingan chet mamlakatda amalga oshiradigan yirik korporasiya. Tashkiliy jihatdan bosh kompaniya asosiy kapitalining sho”ba korxonalar kapitalida qatnashuvi tamoyiliga asoslanadi. TMK ishlab chiqarish.ni uzluksiz o’stirish hamda integrasiyalashuv siyosati, firma, kompaniyalarning bir maqsadni ko’zlab qo’shilishi (qo’shilish, sotib olish, moliyaishlab chiqarish. guruhlarni tashkil qilish) hisobiga paydo bo’ladi. Ixtisoslashuviga ko’ra, sanoat, xizmat ko’rsatish, savdosotiq, bank, sug’urta va b. tarmoqdarda faoliyat olib boradi. Dastlabki TMKlar 20-a. boshlarida paydo bo’lgan. 2-jahon urushi (1939— 45) dan keyin ularning roli yana oshdi. 21- a. boshida jahon ishlab chiqarishining katta qismi TMK qo’lida to’plangan. Amerikaning G’arbiy Evropa va Kanadada, bir qancha rivojlanayotgan mamlakatlarda o’z korxonalari tarmoqlariga ega bo’lgan TMKlari faoliyat ko’rsatadi. Mas., “Ford” avtomobil kontsernining 30 ta mamlakatda filiallari bor. Yirik ingliz kompaniyalari (“British Petroleum”, “iki” va b.), Germaniya (“Xerst”, “Simens” va b.), Gollandiyaning “Filips” kontsernlari TMKlardir. TMK faoliyati ham milliy (ichki), ham tashqi bozorga yo’naltiriladi. Odatda, TMK kuchli ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega bo’ladi. Mac, “Ford motor”ning AQSh Detroyt sh.da 100 mingdan ko’proq muhandistexnik xodimlar, olimlar, texnologlar, dizaynerlar ishlaydigan ilmiy-texnika markazi bor. TMK o’z tarkibini va faoliyat yo’nalishlarini muntazam yangilab turadi. Ularning asosiy maqsadi bozorlarning bir segmentini emas, balki jahon bozorlarida mustahkam ustuvorlikni egallashdan iborat. 20-a.ning 90-y.laridan boshlab O’zbekiston sanoatining ko’p tarmoklarida jahondagi ko’pgina TMKlar ishtirokida sanoat korxonalari tashkil topdi. “O’zDEU Avto” (q. Asaka avtomobil zavodi), ZarafshonNyumont, “kabul tekstaplz”, “kokakola”, “Nestle”, “Keys Korporeyshn” va b. shular jumlasidandir. Sadir Salimov.