Tritiy

Tritiy (Yun. tritos, lot. Tritium), T. (yoki 3N) — vodorodning massa soni 3 bo’lgan radioaktiv izotopi. 1934 y.da ingliz olimlari E. Rezerford, M.L. Olifant va P. Xarteklar kashf qilishgan. T. yadrosi 1 ta proton va 2 ta neytrondan iborat. T. rfaol, yarim emirilish davri T1/2q 12,26 y. Tabiatda atmosferaning yuqori qatlamlarida kosmik nurlar neytronlarining azot atomlariga ta’sir etishidan hosil bo’ladi va yomg’ir bilan er yuziga tushadi. T. yadro reaktorlarida litiy 6Li ni neytronlar bilan nurlatib olinadi (3 Liqnq “,TQ 2 ne ). T. termoyadro sintezi reaktsiyalarida muhim komponent sifatida, shuningdek, kimyoviy, biologik va gidrologik tadqiqotlarda ishlatiladi (q. Izotop indikatorlar).