Tritonlar ham yerda, ham suvda yashaydigan dumli hayvonlar guruhiga kiradi. Ham yerda, ham suvda yashaydigan hayvonlar sinfiga qurbaqa va cho’lbaqalari ham kiradi. Ham yerda, ham suvda yashaydigan hayvonlar hayotining bir qismini hquruqlikda, bir qismini suvda o’tkazadilar. Hozir ham yerda, ham suvda yashaydiganlarning uch asosiy guruhi mavjud: dumsizlar (masalan, qurbaqalar, cho’lbaqhalari)ning yetilgan payti dumi bo’lmaydi; dumlilar (tritonlar va salamandrlar)ning dumi bo’ladi; va oyoqsizlar, ularning dumi bo’ladi, ammo panjasi bo’lmaydi. Odamlar ko’pincha, tritonlarning tanasi uzunligi bois uni kaltakesakka yo’yishadi. Biroqh ularni ulardan farqlash qiyin emas: kaltakesaklar tangachalar bilan qoplangan, tritonlar esa aksincha; kaltakesaklarning tirnog’i bor, tritonlarniki esa yo’q. Tritonlar sovuqni xush ko’radi. Ularning ko’pchiligi mo’tadil iqlimli, qishi yetarlicha sovuq bo’lgan Shimoliy Amerika va Yevropada yashaydi. Tritonlar bu yerlarga turli yo’sinda moslashganlar. Ular suv va g’orlarda, hatto chirigan daraxtlarda yashaydi. Ular yer ustida sudralib yuradi yoki kuchsiz panjalari bilan imillab yuradi. Tritonlar suvda gavdasi va uzun dumini bilanglatib suzadi. Tritonlar ham yerda, ham suvda yashaydigan dumli hayvonlarning eng kichigidir, ularning terisi qalin va quruq bo’ladi. Ular Osiyoda, Shimoliy Amerikada, Afrika shimolida va Yevropada yashaydi. Tritonlarning Qo’shma Shtatlarda uchraydigan, Sharqiy yoki qizil xolli nomi bilan mashhur bo’lgan bir turi hayotda uch bosqichni bosib o’tadi. U suvda tug’iladi. Och yashil bu itbaliq ikki-uch oydan so’ng metamorfozani tugatadi va quruqlikda yashashga tayyor bo’ladi. U qizil-marjon rang oladi, yelkasiga ikki qator qora hoshiyali qizil xol chiqadi. Uning o’lchami 4-7 santimetr bo’ladi. Ikki-uch yilni quruqlikda o’tkazgan triton tuxum qo’yish uchun suvga qaytadi. Terisining rangi yana o’zgarib, och sariq-yashil tus oladi. Terisi silliqlashib, yumaloq dumida yangi suzgichlar o’sib chiqadi. Mana shu ko’rinishda triton o’zining uchinchi marta suvdagi hayotini o’tkazadi.