Tropik o`rmonlar

Tropik o`rmonlar – tropik mintaqada, yil bo`yi issiq, seryog`in joylarda, 25° sh. k. bilan 30° j. k. orasida o`sadigan o`rmonlar. Tropik o`rmonlar ko`p yarusli bo`lib, xilma-xil o`simliklardan, aksari baland bo`yli daraxtlardan (60- 70 m va hatto 80 m) iborat; daraxtlar tagida soya-salqinni sevadigan daraxtlar, so`ngra bo`talar va ko`pdan-ko`p parazit o`simliklar o`sadi. Xilma-xil chirmovuqlar daraxt tanalarini o`rab olgan. Tropik o`rmonlarda katta-kichik har xil hayvonlar yashaydi. Iqlim nosog`, aholi siyrak yashaydi. Tropik o`monlar Janubiy Amerikada, ekvatorial Afrikada, Malayya arxipelagida ayniqsa katta maydonni egallaydi.