TSIGLER KARL VALDEMAR

TSIGLER KARL VALDEMAR (1898. 26.11, Xelze – 1973.11.8) – nemis kimyogari. Marburg universitetini tugatgan (1920). Geydelberg universiteti professor (1927— 36), Galladagi kimyo instituti direktori (1936— 43). Myulxeymdagi ko’mirni o’rganish bo’yicha Kayzer Vilgelm instituti (1943-69), ayni vaqtda 1947 yildan Axendagi Oliy texnika maktabi direktori. Asosiy ilmiy ishlari organik kimyo va yuqori molekulyar polimerlar kimyosiga oid. Dinitrillarni tsiklizasiyalab makrosiklik ketonlar olish usulini topgan (1933) (Tsigler reaktsiyasi). Litiy-alkillar bilan nitrillarning o’zaro ta’siri natijasida iminonitrillar hosil bo’lishini kashf etgan (1934). Kyoniga tuzi — glutamin aldegid hosilalaridan azulenlar olish usulini ishlab chiqqan (1955). Nobel mukofoti laureati (1963; J. Natta bilan hamkorlikda).