Tunguska meteoriti, tungus meteoriti
Tunguska meteoriti, tungus meteoriti — er bilan to’qnashgan eng katta meteorit. 1908 yil 30 iyunda Tunguska daryosi (Sibir) yaqiniga tushgan. Shu payt ko’zni ko’r qiladigan darajada yorug’ bolid Jan.sharqdan shim.g’arbga tomon bir necha sekund davomida harakatlangan. Bolid harakat yo’lida kuchli changli iz qoldirgan. Bu iz 800 km radiusli katta xududdan bir necha soat davomida ko’rinib turgan. Yorug’likdan so’ng 1000 km masofada portlash eshitilgan. Atrof joylarda er qimirlashiga o’xshash kuchli tebranish bo’lgan. T.m. tushgandan so’ng bir necha kun Sibir va Evropa tunlari nihoyatda yorug’ bo’lib turgan. 20 yildan keyin yuborilgan ekspedisiya 30 km radiusda o’rmon poymol bo’lgan va qisman yonganligini qayd qilgan. Bu va bundan keyingi 10 ga yaqin ekspedisiyalar T. m.ni poymol qilgan o’rmonda osmondan tushgan jism (meteorit)larga xos jinslarni topa olmadi. Meteorit jinslarini qidirish muvaffaqiyatsiz yakunlandi. T. m. ga ikki xil karash mavjud: T.m.ni er yuzidan bir necha kilometr balandlikda portlab ketgan kometa hosil kilgan; T.m. portlashidan oldin erning ichki katlamlaridan atmosferaga ko’tarilgan neft changi, gaz va metan gidrolitidan iborat aralashma zaryadlarining elektrik potentsiali aralashmani portlatib yuborgan. Tungus hodisasini o’rganish hozirgacha davom etmoqda.