Tunis

Tunis — Tunis poytaxti. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Tunis viloyatining ma’muriy markazi. O’rta dengizning Tunis buxtasi g’arbiy sohilida joylashgan. Iqlimi subtropik dengiz iqlimi, o’rtacha oylik tralari yanv.da 10,2°, iyulda 25,6°. Yillik yog’in 450 mm chamasida. Aholisi 702,3 ming kishi (1998). Transport yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Yirik port, chetga temir rudasi, fosforit, vino, mevasabzavotlar chikariladi. Oziq-ovqat, to’qimachilik, metallsozlik, kimyo, tsement, oynashisha, poligrafiya, rangli metallurgiya sanoati korxonalari mavjud. Tunis unti, Milliy konservatoriya, i.t. muassasalari, intlar, kutubxona, teatr, Bardo muzeyi, Islom san’ati muzeyi va b. bor. T. Karfagen sh.ning yo’ldosh shahri sifatida mil. AV. bunyod etilgan. 7-a. oxiri — 8-a. boshlarida Karfagenni arablar egallaganidan so’ng, T. Shim. Afrikaning yirik iqtisodiy va madaniy markazi sifatida rivojlandi. 13-16-a.larda Xafsidlarning Sharqiy Mag’rib davlati poytaxti. 1535 y.da ispan qo’shinlari tomonidan egallanib, xonavayron kilingan. 1574y.dan Usmonli turk saltanati tarkibida. 1891-1956 y.larda Frantsiya protektorata ma’muriy markazi. 1956 y. 20 martdan mustaqil Tunis poytaxti. Me’moriy yodgorliklardan katta masjid (jome azzaytuna; 8-a.), Alqasr masjidi (12-a.), 17-19-a.larda qurilgan saroylar, T. shahridan 12 km shim.sharqyaa, dengiz sohilida Karfagen sh.ning xarobalari saklangan.