Tunuka (taxta)

Tunuka (taxta) – 1) qalinligi 0,08 dan 0.32 mm.gacha bo’lgan yupqa o’ralgan rulonlangan po’lat. Oziq-ovqat vositalari va atmosfera korroziyasi ta’siridan himoya qilish uchun qalay (oq tunuka), xrom, maxsus laklar va boshqalar yuzasiga himoya qoplamalari qo’llaniladi; 2) qalinligi 0.18 dan 0.36 mm.gacha bo’lgan yupqa sovuq o’ralgan rulonlangan (past uglerodli) po’lat. Ko’p tarqalgani oq (qatlovli) tunuka, kaliyli qatlam bilan qoplangan. Kaliyli himoya qatlami bilan qoplanmagan, tunuka qora (qatlovsiz) deb nomlanadi. Qurilishda tunuka tom yopish materiali sifatida, hamda ventilyatsiya tizimi mahsuotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladi; 3) tom yopish va boshqa maqsadlar uchun maxsus tayyorlangan yupqa taxta temir. Masalan: alyuminiy tunuka, asbesttsement taxta, zirhlangan taxta, to’lqinsimon tunuka, tom tunukasi, qoplama taxta, qolip taxtasi, tirgovuch taxta, shakldor taxta va hokazolar.

Leave a Reply