Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti

Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot davlat instituti — yirik ilmiy muassasa. Toshkent sh.da joylashgan. Dastlab 1920 y.da Turkiston unti qoshida tashkil etilgan. 1932 y.da Butunittifoq paxtachilik ilmiy tadqiqot inti (SoyuzNIXI)ning o’g’itlar va agrotuproqshunoslik Markaziystyasigaaylantirildi. 1943— 60 ylarda O’zbekiston faning Tuproqshunoslik inti, 1961-64 y.larda O’rta Osiyo Paxtachilik davlat qo’mitasinig Tuproqshunoslik inti, 1965-72 y.larda O’zSSR qishloq xo’jaligi vazirligining Tuprokshunoslik i.t. inti, 1973-98 y.larda O’zbekiston FA Tuprokshunoslik va agrokimyo i.t. inti. 1998 y. 24 iyuldan O’zbekiston Respublikasi er resurslari davlat qo’mitasi tarkibida. Intda (2004): tuproqlar genezisi va geografiyasi; yirik masshtabli xaritagrafiya; tuproklar fizikasi va texnologiyasi; tuproklar kimyosi, fizikkimyosi va mineralogiyasi; agrokimyo; sho’rlangan tuproqlar genezisi va meliorasiyasi; tuproq unumdorligini boshqarish va baholash; tuproklar bioekologiyasi; tuproq informatikasi; analitik markaz bo’limlari, shuningdek, tuproq muzeyi, ilmiy kutubxona va tajriba maydonchasi faoliyat ko’rsatadi. Intining asosiy ilmiy yo’nalishlari: tuproklar evolyusiyasi va tuproq qoplami o’zgarishlarining genetikgeografik xususiyatlari; tuproq unumdorligi modellarini va tuproq qoplami haqida ma’lumotlar bankini tuzish, tuproklar ekologik holatining o’zgarishlarini aniqlash, tuproq unumdorligini oshirish va uni boshqarish yo’llarini ishlab chiqish; eroziyaga uchragan, zichlashgan, gumus holati yomonlashgan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash; sho’rlangan tuproqlarni sho’rsizlantirish usullarini ishlab chiqish, qishloq xo’jaligi. erlari tuproqlari monitoringini yuritish va b. Int faoliyati A.N. Rozanov, M. A.’ Pankov, M. A. Orlov, A. 3. Genusov, Ya. M. Nosirov, V. B. Gussak, S. A. Kudrin, B. V. Gorbunov, N. V. Kimberg, S. A. Ro’jov, I. N. Felisiant, A. A. Dimo, V. A. Kovda, O. K. Komilov, H. Maxsudov, E. K. Kruglova, A. M. Rasulov, M. U. Umarov, J. Sattorov, T.S. Zokirov, I. T. Turopov, R. Q. Qo’ziev kabi olimlarning nomlari bilan bog’liq. Intda aspirantura, doktorantura bor. Ilmiy ishlar, monografiyalar nashr kiladi. Respublikadagi oliy o’quv yurtlari, xorijiy mamlakatlar ilmiy muassasalari bilan ilmiy aloqalarga ega. Bonn unti (GFR) bilan YUNESKO doirasida va suv resurslaridan samarali foydalanish dasturi bo’yicha hamkorlik kiladi. Sa’dulla Abdullaev.