Turkiston arxeologiya havaskorlari to’garagi
Turkiston arxeologiya havaskorlari to’garagi – Turkiston o’lkashunoslari tomonidan tuzilgan ilmiyjamoatchilik tashkiloti. 1895 y. Toshkent sh.da tashkil etilgan. Asosiy vazifasi o’lkadagi qad. yodgorliyutar, Sharq qo’lyozmalari, numizmatika va etn.ga oid materiallarni qayd qilish va hisobga olishdan iborat bo’lgan. To’garak a’zolari, shuningdek, qad. shahar xarobalarini tekshirib, dastlabki arxeologik qazish ishlarini olib borganlar. Turkiston o’lkasining tarixi va ma’muriy tuzumi bo’yicha o’rta asr Sharq qo’lyozma manbalari, xalq afsonalari, maqollari, matallari, urfodat, folklorga oid materiallarni to’plagan. Shu bilan birga to’garak a’zolari xalqimizning Nodir qo’lyozma va madaniyat boyliklarini Rossiyaga jo’natishga ham ko’maklashganlar. V. V. Bartold to’garak asoschilaridan bo’lib, uning faollaridan hisoblangan. To’garak a’zolari qatorida, shuningdek, M.S.Andreev, A.A.Divaev, N.S.Likoshin, N.G.Malliskiy, N.P.Ostroumov, A.A. Semyonov va b. bor. To’garak 1917 y. tarqalib ketgan.