Turkiston viloyati

Turkiston viloyati – tarixiy ma’muriyhududiy birlik. O’rta Osiyoni Rossiya bosib olishi jarayonida, 1865 y. 2 fevr.da tashkil qilingan. Hududi dastlab Qo’qon xonligidan bosib olingan erlar (Sirdaryoning o’rta oqimidagi erlar, Qozog’istonning Jan. tumanlari hamda Qirg’izistonning shim. hududlari) dan iborat bo’lgan. 1865 y. 6 avg.da T.v.ni boshqarish to’g’risida muvaqqat Nizom e’lon qilingan va viloyatning harbiy va fuqarolik ishlarini boshqarish Orenburg generalgubernatoriga topshirilgan. T.v. ma’muriy jihatdan 3 ga: 1) o’ng qanot yoki Sirdaryo tumani (Aralsk, g’azali, qizil O’rda shaharlari bilan birgalikda); 2) markaz (Turkiston va Chimkent tumanlari) va 3) so’l qanot [Avliyoota (hoz. Taroz), Marki, Pishpak (hoz. Bishkek), to’qmoq sh.lari joylashgan hududlar] ga bo’lingan. 1865 y. 16 iyunda Toshkent va uning atrofidagi erlar “Toshkent tumani” nomi bilan T. v.ga qo’shib olindi va Toshkent shahri T. v.ning ma’muriy markaziga aylandi. 1866 y. oxirlarida esa Erjar va Zomin bo’limlari hamda Xo’jand (hoz. Sug’d viloyati) va Jizzax tumanlari tashkil qilinib, ular ham T.v. tarkibiga kiritildi. Podsho amaldorlari T.v.ning tashkil qilinishini vaqtincha tadbir deb hisoblab, uning chegarasini rasmiy ravishda belgilamagan edi. 1867 y.dan T. v. Turkiston generalgubernatorligi tarkibiga kiritildi.