Turobov Kamol

Turobov Kamol (1921.1.7, Toshkent) — kulol, O’zbekiston xalq rassomi (1974). Hunarni otasi usta Turob Miralievsan o’rgangan. Toshkent badiiy o’quvishlab chiqarish. Kombinatining kulollik bulimida o’qigan (1935-38). Toshkentdagi “qizil kulol” artelida usta (1939-41, 1946-49), 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-45), O’zbekiston Mahalliy sanoat ministrligi Davlat maxsus konstruktorlik texnologiya byurosi kulollik bo’limining mudiri (1968-95). Turobov yaratgan badiiy idishlar sifatli va nafis, pargari, islimiy naqshlar bilan chizma usulda bezatilgan. Turobov tayyorlagan idish va buyumlar xalqaro kurgazmalarda namoyish etilgan. “Jasorat” medali bilan mukofotlangan (1995).