Turon

Turon — tarixiy-geografik atama. O’rta asrlar adabiyotlarida (Tabariy, Beruniy, Firdavsiy) Eron va T. hududiy chegaralari Amudaryo orqali belgilanadi. Dastlab Avestoda qayd etilgan “tur” etnonimi keyinchalik Markaziy Osiyo dasht va tog’erlarida yashovchi chorvador ag’oli bilan bog’langan. Olimlarning fikriga ko’ra, “turlar” tushunchasi — bu sakmassagetlarning dastlabki nomi bo’lishi mumkin. Sakmassagetlar va ularga yaqin qarindosh qabilalar mil. AV. 6-4-a.larda Oltoy va Jan. Sibir dashtlarigacha tarqalgan. Bu hakda arxeologik ma’lumotlar ham dalolat beradi va ShinjonUyg’ur o’lkasida saklar yozuvlarining tarqalishi ham shu fikrni tasdiklaydi. Mahmud Koshg’ariyning ta’kidlashicha, Uyg’uristonning Qashqar tumanida “kansak” tili saqlangan edi. Sharqiy Turkistondagi Xotan vohasidan topib tekshirilgan yozuvlar “xotansak” hujjatlari nomi bilan atalgan. Demak, T. — faqat O’rta Osiyo hududining qad. atamasi degan xulosa bahslidir. “Turon”, “turonliklar” yurti tushunchasini keng hududlar bilan bog’lash mumkin. O’rta asr mualliflari ham “Turon” geografik tushunchasini turlicha tasdiklaydilar. Ba’zi tarixchi va geograflarning aytishicha, Turon — bu turklar, turkiy qabilalarning yurti degan ma’noni bildirib, keyinchalik “Turkiston” tushunchasiga aylangan. Akad. A. Muhammadjonovshnt fikricha, “T.”atamasi sug’dcha — er, tuproq, dala va dasht kabi ma’nolarni bildirgan. Shunga ko’ra, “T.”toponimi pasttekislik, dalayu dashtliklar, ya’ni keng yaylovlar degan ma’noni anglatgan.