Tutanxamon
Tutanxamon (taxtga o’tirgandagi ismi — Nebxeprura) — Misrda yangi podsholik davri (18sulola)da mil. AV. taxm. 1347-1337 y.larda hukm surgan Fir’avn. Fir’avn Amenxotep IV (Exnaton)ning Nefertitisan tug’ilgan 3qizi Anxesenpaatonga uylangan. Ehtimol Amenxotepning ukasi ham bo’lgan. Taxm. 12 yoshida Tutanxaton (atonning jonli obrazi degani) nomi bilan taxtga o’tirib, 20 yoshga to’lmasdan vafot etgan. Hokimiyat amalda vazir Eye va b. amaldorlar qo’lida bo’lgan. T. davrida Exnatonning diniy islohotlari bekor qilingan. Amon kultiga sajda qilish tiklank*ih, T.ning o’zi T. ismidan voz kechib, Fir’avn qarorgohini Exetatondan Fivaga qaytargan. T. ning shoxlar vodiysidagi maqbarasi 1922 y. ingliz arxeologi g. Karter tomonidan topilgan. Maqbara o’g’riqaroqchilar tomonidan talanmagan. Undan T.ning oltin sarkofagidan tashqari, yosh Fir’avn tirikligida yaxshi ko’rgan san’at asarlari va uning qurol, buyumlari: oltin niqobi, rafiqasi Anxesenpaatonning tasviri, Fir’avn 2 g’ildirakli jang aravasi ustida aks ettirilgan haykalcha, oltin, ganch, qora va qizil yog’ochlardan ishlangan haykalchalar, o’qyoy, xanjar, quticha, o’rindiq va b. buyumlar topilgan. Bu noyob san’at asarlari jahonning ko’pgina mamlakatlarida namoyish etilgan.